Eng semiz daraxt – Baobab. Diametri 4-10 metrgacha bo`ladi. Balandligi 20 metrgacha yetishi mumkin. Asosan Afrikada o`sadi.
Eng uzoq umr ko`ruvchi daraxt – Sekvoyya. Daraxt Simoliy Amerikada o`sadi. 5000 yilgacha umr ko`radi.
Eng zaharli o`simlik – Strixnos.
Eng katta gul – Raffleziya – Arnoldi bo`lib, uning aylanasi, ya`ni diametri 1 metrni tashkil etadi. Indoneziyaning Sumatra orolida o`sadigan ushbu gulni ilk bor botaniklar – Raffleziya va Arnoldi uchratganligi sababli ularning nomi berilgan.
Eng kichik gul – Volffiya.
Eng qadimiy gul – Xrizantema. Gul tarixi 2500 yilga borib taqaladi.
Eng katta qush – Tuyaqush.
Eng kichik qush – Kolibri. Og`irligi 2 gramm.
Eng katta in quradigan qush – Burgut.
Eng tez uchadigan qush – Qora lochin.
Eng baland uchadigan qush – Qora g`oz.
Eng ko`p quyon – Avstraliyada uchraydi.
Eng katta maymun – Gorilla. Og`irligi 200 kg.
Eng katta ayiq – AQSHning Alyaska shtatidagi Kadyak orolida yashovchi qo`ng`ir ayiq, uning og`irligi 680 kg.
Eng katta quruqlikdagi hayvon – Fil.
Eng katta suvlikdagi hayvon – Ko`k kit.
Eng katta sut emizuvchi hayvon – Kit.
Eng uzun bo`yli hayvon – Jirafa.
Eng chopqir hayvon – Gepard. Soatiga 140 km masofani bosib o`tishi mumkin.
Eng baqiroq hayvon – Timsoh.
Eng uzoq umr ko`ruvchi hayvon – Toshbaqa.
Eng sovuqqa chidamli hayvon – Pingvin.
Eng tili uzun hayvon – Jirafa. Tilining uzunligi 60 sm.
Eng katta kemiruvchi – Kobibara.
Eng chuqurga sho`ng`iy oladigan hayvon – Kashalot. U 1248 metrgacha suv tubiga tushishi mumkin.