Enzimlarning faollanish energiyasi. Biokatalizator oksireduktazalar


Keywords:  biocatalyst , enzymology, exergonic reaction, activation energy,  cofactor, substrate



Yüklə 429,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix27.09.2023
ölçüsü429,09 Kb.
#149523
1   2   3   4   5   6
enzimlarning-faollanish-energiyasi-biokatalizator-oksireduktazalar

Keywords: 
biocatalyst
, enzymology, exergonic reaction, activation energy, 
cofactor, substrate
 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 96  www.ares.uz 
KIRISH 
Biologik faol jarayonlar va moddalar alamashinuvi biologik katalizatorlarsiz 
sodir bo’lmaydi. Bu jarayon natijasida oddiy moddalar hosil bo’lishi, murakkab 
moddalar parchalanishi, yutilishi va parchalanishi natijasida organizmlar tiriklik 
hususiyatini saqlab qoladi. Enzimlar ta’sirida moddalarning parchalanishi yoki kerakli 
moddalarning biologik sintezga oid murakkab kimyoviy reaksiyalar, qisqa vaqt ichida, 
nisbatan past haroratda o’tadi. Ular bunday biokimyoviy reaksiyalarni hattoki milliard 
martta tezlashtiradi va o’zlari o’zgarishsiz qoladi. Har bir ferment faqat maxsus bir 
kimyoviy o’zgarishni katalizlaydi ya’ni ular spestsifikligi bilan farqlanadi. Bu esa 
optimal muhitni talab qiladi yani: optimum temperaturani, muhit(pH)ni, aktivatorlar 
ishtirokini. Tirik mavjudotlarda o’tadigan fermentli reaksiyalar mexanizmi juda 
murakkab bo’lib, ular juda tez sekundning kichik ulushlarida sodir bo’ladi. 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
 
Fermentlarni klassifikatsiyalash tamoyillari Xalqaro biokimyogarlar ittifoqini 
1961-yilda Moskva shahrida bo’lib o’tgan V kongressda ishlab chiqildi. Unga ko’ra 
fermentlar quyidagicha tasniflanadi: 
I sinf – Oksidoreduktazalar. Ular oksidlanish qaytarilish reaksiyalarini 
katalizlaydi. Bunda “vodorod donori – akseptor oksireduktaza” tizimida faoliyat 
ko’rsatadi.
II sinf – Transferazalar. Bular “donor – akseptor transferaza” tizimida faollik 
ko’rsatadi. 
III sinf – Gidrolazalar. Gidroliz reaksiyalarini amalga oshiruchi fermentlar. 
IV sinf – Liazalar. Bu sinfga kiruvchi fermentlar malekulalararo bog’lanishlarni 
katalizlovchi fermentlardir, yoki birikishni, yoki ajralish reaksiyalarini katalizlaydi. 
V sinf – Izomerazalar. Bu sinfga kiruvchi fermentlar bir xil izomerlarni ikkinchi 
xil izomerlarga aylanishini katalizlaydi. 
VI sinf – Ligazalar (Sintetazalar). Bu fermentlar fosforli birikmalarni o’zgarishi 
natijasida hosil bo’ladigan kichik molekulalardan yirik molekulalarni sintez qilinishini 
katalizlaydi. [1, 85-86 ] 
NATIJALAR
Ko’pchilik fermentlar sitoplazmada erigan holda, yadroda va maxsus 
organellalarda uchraydi. Masalan, mitoxondriyalarda oksidlanish ya’ni nafas olish 
fermentlari, ribosomalarda oqsil sintezi uchun kerakli fermentlar, yadroda nuklein 
kislotalarni sintezini amalga oshiruvchi fermentlar bo’ladi. Fermentlarning substrat 



Yüklə 429,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin