ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 98 www.ares.uz E + S = E + M
Shuni takidlab o’tish zarurki, bunday faolanish energiyasi qanday miqdorda
kamaysa, reaksiya ham shu darajada tezlashadi deb xulosa chiqarish kerak emas.
Faollanish reaksiyasining bir qadar kamayishi reaskiya sur’atini ancha oshirib
yuborishi mumkin. Har bir ferment har bir katalizator singari reaksiyasi tezlatishda
ma’lum bir chegaraga ega. Demak, ferment boshlang’ich modda va reaksiya
mahsulotining erkin energiyasini o’zgartirishga ta’sir etmaydi.
Tirik hujayralarda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydigan
fermentlar oksidoreduktazalar hisoblanadi. Bu ferment guruhi umumiy enzimlar
orasida eng asosiy ahamiyatga ega bo’lgan qism hisoblanadi. U hamma organizmlarda
uchraydi. Bu sinfning eng muhim birikmalariga nafas olganda va fotosintez jarayonida
vodorod va elektronlarni bir moddadan ikkinchi moddaga o’tkazuvchi –
degidrogenazalar, O
2
oksidlovchi – oksidazalar, H
2
O
2
ni oksidlovchi – peroksidazalar,
moddalarga O
2
atomini beruvchi-gidrolazalar, moddaga ikkala atomini beruvchi-
oksigenazalar. Oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlar fermentdan tashkil topgan kata
guruh hisoblanadi. Oksireduktazalar turli kimyoviy moddalarning oksidlanishi va
qaytarilishini katalizlaydi. Masalan bu sinfga kiruvchi alkogoldegidrogenaza fermenti
sirka aldegidni etil spirtga qaytarilishini katalizlaydi va spirtli bijg’ish jarayonida katta
o’rin tutadi. Lipoksigenaza fermenti esa to’yinmagan yog’ kislotalarini va ularning
murakkab efirlarini havo kislorodi bilan oksidlaydi. Ferment ta’siri xo’jalikning asosiy
mahsuloti hisoblangan un va yormaning taxirlanish sabablaridan biri hisoblanadi. U
o’simlik mahsulotlarini qurtish va saqlash paytida karotinoidlarning buzilishida
ishtirok etadi. Monofenolmonooksigenaza fermenti tirozin aminokislotasini oksidlab,
qoramtir rangdagi meloninlarni hosil qiladi. Javdar noning qoramtir rangda bo’lishi,
makaronni quritish paytida qorayishi shu fermentning ta’siri natijasi va isboti
hisoblanadi. Oksireduktazalar tas’sirida erkin elektronlar tashilishi amalga oshadi.
Buning natijasida subsrtatning oksidlanish darajasi o’zgaradi. Bunda metallar
o’zgaruvchan valentlik bilan kofaktor sifatida ishtirok etadi. Masalan Fe, Mo, Cu, Co
kabi metallar. Agar metallar katalizda bevosita ishtirok etmasdan boshqa maqsadlarda
masalan, substratni bog’lash uchun xizmat qilsa, unda oksireduktazalarga oksidlanish
darajasi doimiy bo’lgan metallar kiradi.