ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 97 www.ares.uz bilan ta’siri faol markaz yordamida amalga oshadi. Odatda bu markaz ferment
molekulkasining kata bo’lmagan qismi bo’lib, unda ikkita zona: bog’lovchi va katalitik
zonalar mavjud. Faol markaz tarkibiga polipeptid zanjirning alohida qismlari va
kofaktorlar kiradi.
Kundalik turmushda enzimologiya biokimyoning eng muhim sohalaridan biri
hisoblanib, bu fan yutuqlaridan dorishunoslikda, oziq-ovqat sanoatida, xalq xo’jaligida
va tibbiyotda keng qo’llaniladi. Bizga ma’lumki kimyoviy reaksiyaning borishi
boshlang’ich va oxirgi mahsulotlarning erkin energiyalari orasidagi farq bilan
belgilanadi. Agarda boshlang’ich moddada mahsulotga nisbatan erkin energiya yuqori
bo’lsa, bunda reaksiya o’zi borishi mumkin. Bunday reaksiyalar ekzergonik reaksiya
deyiladi. Erkin energiyaning aksincha bo’lgan qiymatlarida reaksiya endergonik
reaksiya bo’lib, reaksiya borishi uchun energetik imkoniyat bo’lmaydi, u boshqa bir
ekzergonik reaksiya bilan bog’langan holda o’tadi. [2, 75-80 ]
MUHOKAMA Fermentlar faollanish energiyasini pasaytirish bilan kimyoviy reaksiyalarni
tezlatadilar. Ma’lumki molekulalar reaksiyaga kirishish oldidan faollashgan holatda
bo’lishi kerak. Bunday holatda molekulalar normal sharoitdagiga nisbatan ko’proq
energiyaga ega bo’ladi. Bu faollanish energiyasi deb ataladi. Reaksiyaning faollanish
energiyasi qanchalik yuqori bo’lsa reaksiya shuncha sekin boradi, faollanish
energiyasi qanchalik kam bo’lsa reaksiya shu qadar tez boradi. Tabiiyki savol paydo
bo’ladi – faollanish energiyasi nima uchun zarur? Faolanish energiyasi
molekulalarning yaqinlashishi va reaksiyaga kirishiga to’sqinlik qilib turadigan
kuchlarni ya’ni energetik to’siqni yengish uchun zarur. Bundan xulosa qilish
mumkinki, reaksiyaga shu reaksiyaning energetik to’sig’idan ortiqroq energiyaga ega
bo’lgan molekulalar kirishadi. Bu holatdagi molekulalarning faollantirish uchun esa
energiya sarf qilish zarur. Katalizatorlarning vazifasi faollanish energiyasini
pasaytirishdan iborat. [3, 42-45 ]
Ferment substrat bilan ta’sirlashuvi faol markaz orqali amalga oshiriladi. Bu
markaz ferment molekulasining kata bo’lmagan qismi bo’lib, unda ikki qism:
bog’lovchi va katalitik zonalar mavjud. Faol markaz tarkibiga polipeptid zanjirining
alohida qismlari va kofaktorlar kiradi. Ferment mexanizmining zamonaviy
tushunchasiga ko’ra, katalitik reaksiyada enzim (E) u ta’sir etadigan fermentativ
kinetikada substrat nomi bilan yuritiladigan modda – S bilan ferment substrat
kompleksini hosil qiladi. Keyin esa bu kompleks reaksiya mahsulotlariga (M)
parchalanadi ferment esa o’zgarishsiz erkin ajralib chiqadi.