Epigenomika. Epigenom va epigenetika haqida tushuncha Iskandarova Gulshod



Yüklə 17,44 Kb.
səhifə3/5
tarix12.05.2022
ölçüsü17,44 Kb.
#57600
1   2   3   4   5
14 mavzu Masharipova Ruxsora

Epigenetika atamasi 1990 yillarda paydo bo‘lib qo‘llanila boshlandi, lekin bir necha yillar mobaynida bir qancha o‘zgaruvchan ma’nolarda ishlatilib kelindi. Epigenetika tushunchasining ta’rifi 2008 yilda Cold Spring Harbor (Salqin Bahor Qarorgohi) yig‘ilishida “Xromosomadagi o‘zgarishlar (DNK ketma-ketliklaridan tashqari) natijasida nasldan-naslga o‘tuvchi barqaror fenotip” sifatida kelishib olindi.

DNK metillanishi


  • CHuqur harakterlangan ilk epigenetik o‘zgarish bu DNK metillanishidir. Nomi anglatganidek bu DNKga metil guruhining qo‘shilishi jarayonidir. Ushbu reaksiyani DNK metiltransferaza enzimlari katalizlaydi (DNMT). DNK metillanish paytida barqaror va nasldan-naslga o‘tuvchan bo‘ladi, u DNK di-metilaza nomi bilan ma’lum antogonistik guruh enzimlari tomonidan bekor qilinadi. Eukariotlarda eng ko‘p metillanish CpG (sitozin – fosfat – guanin) dinukleotidlarda, sitozinning guaninga tutash 5-uglerod pozitsiyasida (5mC) topilgan. Sutemizuvchilar genomida, taxminan 70-80% CpG dinukleotidlari metillangan bo‘lib, bu deyarli faqatgina CpG dinukleotidlari ichida sodir bo‘ladi. SHuningdek, o‘simliklarda CpG bo‘lmagan metillanish ham sodir bo‘ladi (birinchi navbatda CpNpG va CpHpH metillanish, bu erda H = A,T,C) va juda kam hollarda sutemizuvchilarda.

Yüklə 17,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin