Gistonlar, xromatinda topilgan oqsillarning eng ko‘p tarqalgan turidir, funksiyasi DNKni quyuqlashtirish. Xromatinning asosiy va takrorlanish birligi, nukleosomalar, giston oqsillarining oktamerlaridan (H2A, H2B, H3 va H4) tashkil topgan va uni atrofi 146 juft nukleotid asos uzunlikdagi DNK bilan o‘ralgan. Nukleosoma va DNK qo‘shilish shakli quyuqlashishga yordam bera oladigan 10 nm diametrli xromatin ipini tashkil etadi.