Epiteliy hujayralarining tuzilishi Bir qavatli epiteliy


Filogenetik klassifikatsiya bo`yicha epiteliy to`qimasi 5 ga bo`linadi



Yüklə 2,44 Mb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#168845
1   2   3   4
Epiteliy to`qimasi

Filogenetik klassifikatsiya bo`yicha epiteliy to`qimasi 5 ga bo`linadi:
1) teri epiteliysi;
2) ichak epiteliysi;
3) buyrak epiteliysi;
4) selomik epiteliy;
5) ependimoglial epiteliy.
Terining epiteliy to`qimasi ko`p qavatli bo`lib, himoya funktsiyasini bajaradi. Ichakning epiteliy to`qimasi bir qavatli bo`lib, himoya va so`rish funktsiyasini o`taydi. Buyrakning epiteliy to`qimasi bir qavatli bo`lib, modda almashinuvida hosil bo`lgan organizm uchun kerak bo`lmagan oxirgi maxsulotlarning chiqarilishida ishtirok etadi. Selomik epitelial to`qima seroz «o`shliqlarni qoplashdan tashqari, jinsiy hujayralarning hosil bo`lishida ham qatnashadi. Ependimoglial epitelial to`qima nerv naychasidan rivojlanib, sezgi organlari tarkibiga kiradi, miya qorinchalarini va orqa miya kanalining devorini qoplaydi.
Morfofunktsional klassifikatsiya bo`yicha epiteliyning quyidagi turlari farqlanadi:

Epiteliy doimo bazal membranada joylashadi. Bazal membrana yoki bazal plastinka epiteliy va biriktiruvchi to`qima orasida joylashuvchi parda bo`lib, qalinligi 80-100 nm ga teng. U karbonsuvdan, oqsil, glikozaminoglikan va kollagen tolalardan tashkil topgan.


Epiteliy to`qimasi hujayralarining bazal membrana bilan munosabatiga qarab bir va ko`p qavatli bo`ladi. Bir qavatli epiteliy hujayralarining barchasi bazal plastinka bilan bevosita bog`langan. Ko`p qavatli epiteliyda esa bazal plastinkaga faqat pastki qavat hujayralari tegib turadi. Bir qavatli epiteliy o`z navbatida bir qatorli va ko`p qatorli bo`ladi. Bir qatorli epiteliyda hamma hujayralar bir xil balandlikka ega bo`lib, ularning yadrolari bir tekislikda joylashadi (44-rasm). Ko`p qatorli epiteliyda hamma hujayralar bazal membranaga tegib tursa ham, ular bir xil katta-kichiklikda emas va yadrolari turli tekislikda yotadi. Ko`p qavatli yassi epiteliy muguzlanuvchi va muguzlanmaydigan bo`ladi. Yuqori qavat hujayralari muguz tanachalarga aylanuvchi ko`p qavatli epiteliy muguzlanuvchi epiteliy deb ataladi. Muguzlanish jarayoni kechmaydigan, ya’ni muguz tangachalar hosil bo`lmaydigan ko`p qavatli epiteliy muguzlanmaydigan epiteliy deb ataladi. Ko`p qavatli epiteliyning maxsus turi o`zgaruvchan epiteliydir. Bu epiteliy ba’zi a’zolarning (m: siydik qopchasi) devorining cho`zilgan yoki cho`zilmaganligiga qarab o`z ko`rinishini o`zgartirib turadi va shuning uchun ham o`zgaruvchan epiteliy deb ataladi.
Epiteliy to`qimasining hujayralari turli xil shaklda bo`ladi. Masalan, yassi, kubsimon, silindrsimon va maxsus tuzilmalari bilan boshqa to`qimalarning hujayralaridan farqlanib turadi. Hujayralarning differensiallanishi natijasida maxsus tuzilmalar paydo bo`ladi. Epiteliy to`qimasining maxsus tuzilmalariga: hilpillovchi kiprikchalar, ichak enterotsit hujayralarining mikrovorsinkalari va x i vch i n l a r kiradi. Bu maxsus tuzilmalarning tuzilishi va funktsiyasini har bir epiteliyni o`rganish davomida ko`riladi («Sitologiya» bo`limiga q.).



44- rasm. Bir qavatli bir qatorli epiteliy turlari (sxema).
a -bir qavatli yassi epiteliy; b -bir qavatli kubsimon epiteliy; v -bir qavatli silindrsimon epiteliy; g - bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy (A. Xem, D. Kormak, 1982, Yu. I. Afanasyevdan, 1989).
Epiteliy to`qimasi hujayralarining sitoplazmasida xususiy organella tonofibrillalar uchraydi. Hujayralarning yon yuzasida desmosomalar («Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari» ga q.) va ularning birlashtiruvchi plastinkasiga tegib yotuvchi tonofibrillalar joylashadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin