Bir qavatli ko’p qatorli epiteliy. Bu epiteliy nafas yullarining devorini va jinsiy sistemaning ayrim qismlarini qoplaydi. Bu epiteliyda har bir hujayra bazal membranada yotadi, hujayralarning shakli turlicha va shu sababli yadrolari har xil tekislikda yotadi (51-rasm). Kekirdak epiteliysida kiprikli silindrsimon, qadahsimon, yirik va kichik qo’shimcha hujayralar hamda endokrin hujayralar tafovut qilinadi. Qo’shimcha hujayralar o’zining keng yuzasi bilan bazal membrane tegib turadi. Kiprikli hujayralar bazal membranaga o`zining ingichka qismi bilan tegib turadi, keng yuzasi esa kekirdak teshigiga qaragan bo`ladi.
48-rasm. Bir qavatli silindrsimon epiteliy. Me’da shillik qavatidan tayorlashgan. Ob.60,ok.10.
1 - silindrsimon hujayralar; 2 – yadro; 3 – biriktiruvchi to’qima
Kiprikli hujayralarning apikal yuzasida kiprikchalar bo`lib, har bir hujayrada 250 atrofida uchraydi. Kiprikchalarning harakatlanishi shilliq sekretning siljishiga ta’sir qiladi. Shilliq sekret bilan tashqaridan kirgan chang zarralari ham chiqariladi. Elektron mikroskopda kiprikchalar 2 ta markaziy va 9 juft periferik («Hujayra markazi, sentrosoma»ga q.) mikronaychalardan iboratligi aniqlangan (52-rasm).