Epiteliy hujayralarining tuzilishi Bir qavatli epiteliy


Epiteliy hujayralarining tuzilishi



Yüklə 2,44 Mb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#168845
1   2   3   4
Epiteliy to`qimasi

Epiteliy hujayralarining tuzilishi
Epiteliy hujayralarining sitoplazmasida shakli va qaysi organda joylashganligidan. qat’i nazar umumiy va maxsus organellalar bo`ladi. Hujayra yadrosining shakli hujayraning shakliga bog`liq bo`lib, ko`pincha, dumaloq, oval va yassi bo`ladi.
Mitoxondriylar kalta tayoqcha shaklida bo`lib hujayra yadrosi atrofida joylashadi. Oqsil sintezida ishtirok etadigan hujayralarda donador endoplazmatik to`r yaxshi rivojlangan bo`lib, ko`pincha hujayraning bazal qismida va yadro atrofida joylashadi. Sekretsiya jarayonida qatnashadigan hujayralarda Golji kompleksi kuchli rivojlangan bo`lib, hujayra yadrosining ustida yotadi. Epiteliy hujayralari bazal membranada joilashganligi sababli, ularda ikkita qutb tafovut qilinadi; b a z a l va a p i k a l q u t b l a r. Bu ikkala qutblar tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi («Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari» ga q.). Apikal qismi turli maxsus tuzilmalar bo`lganligi (mikrovorsinkalar, kiprikchalar) va turli sekretor kiritmalarning mavjudligi bilan bazal qismdan farqlanib turadi.
Epiteliy to`kimasining hujayralari o`zaro desmosomalar, interdigitatsiya va sementlovchi modda yordamida bog`lanadi.
Bir qavatli epiteliy
Bir qavatli bir qatorli epiteliy. Bu epiteliy tuzilishini ta’riflanganda ko`pincha «bir qatorli» termini tushirib qoldiriladi va faqat «bir qavatli epiteliy» deb yuritiladi. Hujayralarning shakliga qarab bir qavatli y a s s i, k u b s i m o n, s i l i n d r s i m o n yoki prizmatik epiteliylar tafovut qilinadi.
Bir qavatli yassi epiteliy - mezoteliy (45-rasm). Mezoteliy tananing ikkilamchi bo`shlig`i yoki selom bo`shlig`ini hosil qiluvchi mezodermaning hosilasidir. Mezoteliy seroz pardalar - plevra va qorin pardasining pariyetal va vistseral varaqlarini, yurak oldi xaltachasi devorlarini qoplab turadi. Mezoteliy hujayralari (masalan, charvining yaxlit preparati) ust tomondan qaraganda notekis chegarali va turli shaklda ekanligi yaqqol ko`rinadi. Bu hujayralarning ikki yoki uchta yassilashgan yadrolari bo`lib, ular joylashgan joy bir oz bo`rtib turadi. Elektron mikroskopik tekshirishlar natijasida yassn epiteliy hujayralarining qorin bo`shlig`iga qaragan erkin yuzasida mikrovorsinkalar borligi aniqlandi. Mikrovorsinkalar mezoteliy yuzasini ancha kengaytiradi. Hujayralar bir-biri bilan desmosomalar yordamida bog`lanadi.
Mezoteliy yuzasi silliq bo`lganligi sababli ichak peristaltikasida, yurakning qisqarishi, o`pkaning nafas ekskursiyasida„ organlarning sirpanma harakatlarida muhim rol o`ynaydi, hamda organlarning o`zaro yopishib qolmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, mezoteliy hujayralari fagotsitoz qilish xususiyatiga ham ega. Masalan, ular yot zarrachalarni, mikroblarni, melanin kiritmalarini qamrab oladi. Shuning uchun ham epitelny to`qimasi biriktiruvchi to`qima va tana bo`shliqlari o`rtasidagi «seroz-gemolimfatik to`siq»ni hosil qilishda ishtirok etadi.
Mezoteliy yuksak fiziologik qayta tiklanish qobiliyatiga ega. Mezoteliy hujayralarining o’ziga xos xususiyati ulardagi dekompleksatsiya jarayonidir. Bu jarayon davomida hujayralarda desmosomalar yemiriladi, hujayralar qisqarib yumaloqlashadi va bazal membrana bilan aloqasi uziladi. Natijada hujayralar tana bo’shlig’iga ajraladi. Fiziologik holatlarda hujayralarning 4-6 % bo’shliq (peritoneal) suyuqlig’ida muallaq holatda uchraidi. Ajralib tushgan hujayralar o’rnini qo’shni hujayralar surilib to’ldiradi. Ularning atrofida esa boshqa hujayralarning bo’lishini ko’rish mumkin.
Mezoteliyning shikastlangandan keyingi qayta tiklanishi turli xil umurtqalilarda turlicha bo`ladi. Masalan, sut emizuvchi hayvonlarda mezoteliyning shikastlanishi seroz pardalarni yallig`lanishga olib keladi. Bu paytda hujayralar shishib, ular orasidagi bog`lanish bo`shashadi va hujayralar degenerativ o`zgarishlarga uchrab ajralib tushadi. Shikastlangan joyning yonida hujayralarning mitoz bo`linishi ko`rinadi va pirovardida ko`p yadroli hujayralar paydo bo`ladi. Hujayralarning shikastlangan joyga sekin-asta surilishi natijasida ajralib tushgan hujayralar o`rni to`lib boradi. Patologik holatlarda esa ajralib tushgan hujayralar o`rnida teshikchalar hosil bo`ladi va ular stomatalar deb ataladi.
Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak kanalchalarida, bezlarning chiqaruv naylarida, kichik bronxlarda uchraydi (46-rasm). Kubsimon hujayralarning yadrosi dumaloq shaklda bo`lib, uning markazny qismida joylashadi (47-rasm).

45- rasm. Bir qavatli yassi epiteliy. Kumush nitrat va gematoksilin bilan bo`yalgan.
0b. 40. ok. 10. 1-mezoteliy hujayra yadrosi; 2-mezoteliy hujayralarining chegarasi.

46-rasm. Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak preparati. Gematoksilin-eozin bilan bo`yalgan. 0b. 20. Ok. 10.
1-siydik yig`uv naychasining ko`ndalang kesmasi; 2- kubsimon epiteliy hujayralari 3- yadro; 4-biriktiruvchi to`qima.
Terminal bronxiolani qoplagan kubsimon hujayralarning apikal qismida kiprikchalar ko`rinadi. Buyrak kanalchalarining devorida joylashgan hujayralarning apikal qismida esa jiyak bo`lib, u barmoqsimon o`simtalardan - mikrovorsinkalardan tuzilgan, ular so`rilish yuzasini kengaytiradi.
Bir qavatli silindrsimon yoki prizmatik epiteliy asosan hazm qilish, siydik ajratish va tanosil organlarida uchraydi; me’da, ichak, o`t pufagining ichki yuzasi, jigar va me’da osti bezining chiqaruv naylarini, buyrak kanalchalarini, bachadon va bachadon nayini qoplaydi.
Bir qavatli silindrsimon epiteliy bir-biriga zich joylashgan baland prizmatik shakldagi hujayralardan tashkil topgan (48-rasm). Me’daning yuza qavatida joylashgan hujayralar shilliq sekret ishlaydigan hujayralar qatoriga kiradi (49-rasm). Ichak epiteliysida ayrim hujayralar shilliq sekret ishlaydi. Ular sekret bilan to`lgan vaqtda apikal qismi kengayadi, bazal qismi esa ingichka bo`lib qoladi va natijada qadah shaklini oladi. Bunday hujayralar qadahsimon hujayralar deb ataladi. Me’dadagi prizmatik va ichakdagi qadahsimon hujayralar ishlab chiqargan shilliq moddasida kislotali va neytral glikozaminoglikanlar aniqlangan. Ular hujayralarni kimyoviy va mexanik ta’sirotlardan saqlaydi.
Ichak epiteliysida so`rish jarayonida ishtirok etadigan hujayralar mavjud. Oddiy mikroskop orqali kuzatilganda prizmatik hujayralarning apikal yuzasi (ingichka va yo`g`on ichak, o`t pufagi) jiyak bilan qoplanganligini ko`rish mumkin. Shuning uchun ham bunday epiteliy bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy deb yuritiladi. Elektron mikroskop yordamida jiyak barmoqsimon o’simtalardan – mikrovorsinkalardan tashkil topganligi aniqlangan(50-rasm).

47-rasm. Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak siydik yig’uv naychalari hujayralarining electron mikrofotogrammasi. X 12500.
1 – yadro; 2 – mitoxondriya; 3 – yiguv naychasining bo’shligi.
(«Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari»ga q.). Mikrovorsinkalar hisobiga epiteliy hujayrasining so’ruvchi yuzasi bir necha marta oshadi. Gistoximiyaviy reaktsiyalar prizmatik epiteliy hujayrasi jiyaklari glikozaminglikanlar va ishkoriy fosfatazalarga boyligini ko’rsatadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin