Ergashev azamatning minerallarni tekshirish usullari mavzusida yozgan



Yüklə 64,62 Kb.
səhifə2/3
tarix31.01.2022
ölçüsü64,62 Kb.
#51864
növüReferat
1   2   3
Minerallarni tekshirish usullari

Debay usuli shunday muhim afzalliklarga egaki, u mineral massalarni shu bilan birga yashirin kristallangan va mayin dispers moddalarni ham o‘rganishga imkon beradi. Shuning uchun ham mineraloglar ishida minerallarni aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi. Odatda debayegramma deb aytiladigan rentgenogramma maxsus kamerada yoru\lik sezuvchi plyonkaga tushirib olinadi, shu plyonka ishlanganidan keyin unda to‘q-ochligi turli bo‘lgan chiziqlar-yoychalar ko‘rinadi (tekshirilayotgan modda kukuni bo‘laklarining zichroq joylashgan tekisliklaridan qaytgan rentgen nuri konuslari bilan hosil qilingan halqalarning qismi). Olingan debayegrammani tashqi ko‘rinishidan tekshirilayotgan moddaga o‘xshab ketadigan tekshirib ko‘rilgan boshqa moddalar debayegrammasi bilan taqqoslab (chiziqlarning to‘q ochligiga va tekisliklar orasidagi hisoblab chiqilgan masofaga qarab) berilgan mineralni aniq bilish mumkin.

Termik taxlil amaliy ish uchun rus. akad. N.S.Kurnakov tomonidan kiritilgan bo‘lib, u xaroratning ko‘tarilishi bilan o‘sha tekshirilayotgan mineralda yuz beradigan o‘zgarishlarga fizik va kimyoviy almashinishlarga (suvning ajralishi, oksidlanishi, qaytarilishi, boshqa polimorf turiga o‘tish va h.k.) bog‘liq bo‘lgan endo va ekzotermik effektlarni bilish maqsadida moddalarning qizdirish (yoki sovitish) egri chiziqlarini olishdan iboratdir.

Egri chiziqlarni yozib borish odatda avtomatik ravishda maxsus to‘siq bilan ajratib qo‘yilgan tigelga tushurib qo‘yilgan kombinasiyalashtirilgan (oddiy va differensial) termopara bilan tutash yozib boruvchi pirometr yordamida bajariladi.

Bu usul mineralogiyaning amaliy ishlarida ko‘z bilan (yoki boshqa usul bilan) aniqlash qiyin bo‘lgan yashirin kristallangan va mayin dispers moddalarni tekshirishda qo‘llaniladi. Bir qator mineral mahsulotlar (kaolin, glinozem gidratlari, temir gidrooksidlari, karbonatlar, xloritlar va boshqa minerallar) uchun mineral turlarini aniqlashga yordam beradi.

Kimyoviy tahlil -bu asosiy tekshirish usulidir.

Kimyoviy tahlil uchun tayyorlangan material ilgari spektral tahlil qilinmagan bo‘lsa, avval shunday taxlil qilinishi kerak.

To‘liq kimyoviy tahlildan og‘irlik foizi hisobida olingan ma’lumotlarni mineralning kimyoviy formulasini ishlab chiqish uchun atom (molekulyar) miqdoriga aylantirib hisoblab chiqish kerak. Shu maqsadda har qaysi elementning (oksidning) og‘irlik miqdorini atom og‘irligiga (oksidning «molekulyar» og‘irligiga) bo‘linadi1. Olingan son mineral tarkibiga kiruvchi shu elementlarning (oksidlarning) qanday nisbatda bo‘lganligini ko‘rsatishi lozim. Shuni o‘qtirib o‘tish kerakki, komponentlar (elementlar)ning kimyoviy tahlillardan olingan ma’lumotlardan hisoblab chiqilgan nisbati, o‘sha tahlillarning yetarli darajada juda aniq bo‘lmasligidan yoki boshqa sabablarga ko‘ra hech vaqt butun sonlar nisbatida bo‘lmaydi. Buni ko‘rsatish uchun ikkita misol keltiramiz.
1)Burnonitning kimyoviy tahlili ma’lumotlari:



% og‘irligiga ko‘ra



Atom og‘irligi

Atom miqdori

Nisbati

Pb

42,75

207,2

0,204

1

Cu

12,77

63,6

0,201

1

Sb

24,76

121,8

0,206

1

S

19,40

32,0

0,606

1

Jami

99,68









Shunday qilib, minerallarning kimyoviy formulasi PbCuSbS3 shaklida yozilishi kerak.

2) Rodonitning kimyoviy tahlili ma’lumotlari:




% og‘irligiga ko‘ra

Molekulyar

og‘irligi



Molekulyar

miqdori


Nisbati

SiO2

46,06

60,1

0,767

1

Al2O3

0,11

101,9

0,001

-

Fe2O3

yo‘q

-

-

-

FeO

1,83

71,8

0,025

1

MnO

44,76

70,9

0,630

1

CaO

6,59

56,1

0,117

1

Jami

99,35









Bu mineralning formulasini (Mn, Ca) O · SiO2 yoki (Mn, Ca) SiO3 shaklida ifoda etish mumkin.

1.Atom og‘irliklari Mendeleyev jadvalidan olinadi. Oksidning molekulyar og‘irligi elementlar atom og‘irligi yig‘indisidan tashkil topadi; masalan SiO2 uchun u 28,1Q2x16,0q60,1

Rentgen spektral (rentgenokimyoviy) tahlilni tekshirish maqsadida moddaning katod nurlari ta’sirida shu modda tarkibida ishtirok etayotgan kimyoviy elementlarning o‘ziga xos, to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan rentgen nurlari chiqarishiga asoslangan.

Lyuminessent tahlil. Lyuminessensiya hodisasi qorong‘ida yaxshi ko‘rinadi. Shunday xususiyatga ega bo‘lgan minerallar nur ta’sirida biror rangga bo‘yalgandek ba’zan ochiq rangli bo‘lib yarqirab ko‘rinadi.

Oddiy ko‘z bilan ko‘rib aniqlash qiyin bo‘lgan minerallarning tog‘ jinslardagi xol-xol donalarini shunday yo‘l bilan aniqlash juda osondir. Masalan, sheyelit (CaWO4) kabi shunday muhim ahamiyatli mineral simobli kvars lampasi ostida chiroyli havo rang (ba’zan ko‘kimtir) yoki sarg‘ish-yashil rangli bo‘lib, flyuorit CaF2 tiniq ko‘k tusli bo‘lib flyuoressensiyalanadi va boshqalar. Tarkibida uran, turlicha tarkibli bitumlari bo‘lgan bir qator minerallarning shunday nur chiqarishi juda yaqqol ko‘rinib turadi.



Shlix tahlili. Shamol ta’siri ostida tog‘ jinslari va ma’danlarning nurashi natijasida yer yuzida minerallar mahsulotlari ajraladi. Ular orasida kimyoviy barqaror minerallar- kvars, magnetit (Fe3O4), sirkon (ZrSiO4), turmalin, rutil (TiO2), ba’zan kassiterit (SnO2), oltin, platina va boshqa minerallar saqlanib qoladi. Ular oqin suvlar bilan yuvilib, soylar va dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab yotqizilgan jinslar orasida sochilma kon shaklida to‘planadi. Shu bo‘shoq jins namunalarini oddiy asbob-uskunalar yordamida yuvib, shlix deb aytiladigan eng og‘ir minerallar konsentrati olinadi.

Shlixlardagi minerallarning diagnostikasi va miqdorini aniqlash uchun olingan materialning o‘rtacha hajmidagi namunasi (10-20 g miqdorda) avvalo standart elaklardan o‘tkaziladi va donalarning katta-kichikligiga qarab fraksiyalarga ajratiladi. Shundan keyin har qaysi fraksiyalar magnit yordamida magnitli fraksiyaga ajratib olinadi. Magnit tortmagan qoldiq elektromagnit yordamida har xil magnit tortuvchi (berilayotgan tok kuchiga qarab) yana bir qator fraksiyalarga ajratilib, shundan keyin minerallarni solishtirma og‘irligiga ko‘ra maxsus suyuqliklarga (bromoform, Tule suyuqligi va boshqa) solib maxsus bo‘lgich yoki oddiy kimyoviy voronkalarda ajratiladi.

Minerallarning shunday usullar bilan olingan fraksiyasi avval binokulyarda ko‘rib, tashqi belgilariga (donalarining shakli, shaffofligi, yaltirashi, rangi, qattiqligi va boshqa xususiyatlariga) qarab terib olinadi, undan keyin muayyan sindirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan immersion suyuqliklar yordamida optik konstantalari aniqlanadi va zarur bo‘lgan hollarda mikrokimyoviy sifat reaksiyalari, spektral, lyuminessensiya va boshqa tekshirish usullari qo‘llaniladi. Shaffof emas ma’dan minerallarni syementlovchi moddalar yordamida yaxlitlab, ulardan jilolangan shlif tayyorlanadi va ularni tekshirish mikroskopda qaytgan yorug‘lik nuri ta’sirida olib boriladi.


Yüklə 64,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin