Tabiat burchagi uchun hayvon va o'simliklarni tanlashga qo'yiladigan talablar.
1. O'simlik yoki hayvon u yoki bu tizimli yoki ekologik gurux uchun xos bo'liish lozim. Bunday holda bolalarni o'simlik va hayvonlarning katta guruxi uchun xarakterli bo'lgan asosiy, o'ziga xos belgilari, yashail sharoiti yoki tarzlari bilan tanishtirish imkoni yaratiladi.
2. Tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish mehnatning sifati, xarakteri, unga sarflanadigan kuch va vaqtga ko'ra maktabgacha yoshdagi bolalarning qo'lidan keladigan (tarbiyachining ishtiroki va rahbarligi ostida) bo'lishi lozim. Shuning o'chun «beor» o'simliklar va ovqatni tanlamaydigan hayvonlar tanlanadi.
3. Tabiat burchagidagi hayvon va o'simliklar tashqi ko'rinishidan yorqin, jozibador, maktabgacha yoshdagi bolaning hali unchalik barqaror bo'lmagan diqqatini o'ziga jalb qilib tura oladigan bo'lishi kerak.
4. Bir turdagi o'simlik va hayvonlarning bir necha xili mavjud bo'lishi lozim, bolalar kuzatish ob'ektida faqat umumiy belgilarnigina emas, balki individual belgilarni ham ko'ra oladilar, bu bolalarni tirik organizmlarning xilma-xilligi hamda takrorlanmasligini anglashlariga olib keladi.
5. O'simlik va hayvonlar tamoman xavfsiz bo'lishi, bolalarning sog'liqlariga hech qanday zarar yetkazmasligi lozim.
6. O'simlik va hayvonlarning bolalar tashkiloti binosidagi normal hayot faoliyati, o'sishi va rivojlanishida, binoning doimiy temperaturasini, karbonat angidrid gazining katta konsentratsiyasini, quruqligi, shovqin-suronning mavjudligini hisobga olish lozim.
.
.
Hayvon va o'simliklarni tabiat burchagiga joylashtirish. Hayvon va o'simliklarni tabiat burchagiga joylashtirishda, birinchi navbatda, ularning biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlari nazarda tutilishiga e'tibor berish lozim. Masalan, ba'zi xona o'simliklari (chiroqgul, kaktus va boshqalar) quyosh nurining ko'proq bo'lishini
talab qiladilar, shuning uchun ularni eng yorug' joyga qo'yish lozim, boshqalar (masalan, uzumbar gunafshasi) tik tushib turuvchi quyosh nuriga bardosh berolmaydi. Kaltakesak va qurbaqaning biologiyasi quyidagicha, kaltakesak yashayotgan terrariumni quyosh nuri yaxshi isitib turadigan joyga, qurbaqa yashaydigan terrariumni esa albatta soya joyga qo 'yish lozim.