Shu bilan birga tabiat burchagi ko'zni quvontiriish, intererni bezashi lozim. Va nihoyat, ob'ektlarni shunday joylashtirish lozimki, bolalar ularning yoniga bemalol kela olishlari, tabiat burchagini kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari lozim.
Bolalar maktabgacha ta'lim tashkiloti tabnat burchagida yashovchilarning barchasini doimiy va vaqtincha yashovchilarga ajratish mumkin. Doimiylar tabiat burchigida butun yil davomida xona o'simliklari, baliqlar va shu kabilar yashasalar, vaqtincha yashovchilar esa guruxga qisqa muddatga olib kiriladi, Bular mahalliy o'lka o'simlik.va hayvonlari bo'lib, ularning-hayot faoliyatlari u yoki bu mavsumda alohida qiziqarli va yorqin namoyon bo'ladi (bahorgi dastlabki gullar; kuzda qiyg'os gullaydigan gulxonadagi dekorativ o'simliklar, hasharotlar va shu kabilar).
.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti tabiat burchagida doimo yashovchilar - xona o'simliklaridir. Ular inson uyini qadimdan bezab kelganlar. Ulardan ba'zilari qiyg'os va uzoq gullasa, boshqalarining bargi chiroyli, poyalari xilma-xil (tik o'sadigan; yotib o'sadigan, yuqoriga qarab o'sadigan, chirmashib o'sadigan va shu kabi. Xona o'simliklarining asosiy ko'pchiligi tropik va yarim tropik mamlakatlarda: qaynoq cho'l va savannalar, tropik nam o'rmon va botqoqliklar, tog' qiyaliklari va vodiylarda o'sadigan o'simliklardir. Tabiatdagi o'sish o'rniga ko'ra xona o'simliklari turlicha parvarishni (turli tuproqni, sug'orishii, yoritilishni va shu kabilarni) talab qiladi. Xona o'simliklari shunisi bilan qiziqarliki, ularning har bir turida aktiv aegetatsiyaning o'z muddat va davrlari mavjud bo'ladi. Xona o'simliklari bebaho didaktik materialdir, shunnng uchun ham ular tabiat burchagida albatta bo'lishlari shart.