Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Marketing majmuasi (marketing - miks)



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/172
tarix24.10.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#161043
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172
Marketing

Marketing majmuasi (marketing - miks)
- marketing retsepti, undan 
foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi 
o‘zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beradi. 
Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida 
(4R:Product, Price, Place, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar o‘tkazishni 
talab qiladi. 
Marketing modellari
- 1) foyda olish yoki uni ustirish maqsadida tovar va 
xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro aloqalar 
jarayonida marketing tizimi sub’ektlari xulq-atvorini ko‘rsatish, sifat va sonlar 
jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish
tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va sub’ektlarining 
funksional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi 
(imitatsiya, regressiya, korrelyasiya va h.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks 
yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx hosil bo‘lish 
modeli, reklama modeli va h.k.). 
Marketing o‘zaro aloqalari
- 1) xizmat ko‘rsatish tadbirkorligining tovar 
hayotiylik davrining har bir bosqichida barcha bozor sub’ektlari bilan aloqalarni 
rejalashtirish, tashkil tatbiq boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va 
resurslarni qamrab olishga yo‘naltirilgan istiqbolli konsepsiyasi. Mijoz bilan uzoq 
muddatli o‘zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi tomonlar maqsadlarini 
qondirishga yo‘naltirilgan konsepsiya; 2) bajarish mas’uliyatini taqsimlash va 
kengaytirish tamoyillari bo‘yicha marketingni tashkil etish usuli. 
Marketing operatsiyalari tadqiqoti
- marketing qarorlarini ishlab chiqish va 
qabul qilish tizimida foydalaniluvchi usullar (matematik dasturlashtirish, uyinlar 
nazariyasi, qarorlar nazariyasi, tasvirlarni tanib olish nazariyasi va hokazo) yig‘indisi. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin