292
Marketing salohiyati (potensiali)
- 1) korxona salohiyatining ajralmas qismi;
2) tovar, narx kommunikatsiya va savdo siyosati, talabni o‘rganish sohasida samarali
marketing tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish hisobiga marketing tizimining
korxonaning doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning
bozordagi iqtisodiy
va ijtimoiy kon’yunkturasini ta’minlash qobiliyatlari majmui.
Marketing tadqiqoti dizayni
- 1) marketing tadqiqoti jarayoni va modelini
loyihalashtirish
va tuzish; tadqiqotni o‘tkazish, marketing axborotlarini izlab topish
uchun ratsional rejalarni ishlab chiqish 2) marketing tadqiqoti sub’ektlari xulq-
atvorining o‘zgarish holatlarini o‘rganish va prognoz qilish bo‘yicha ijodiy jarayon.
Marketing tizimi
- bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va
xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro uzluksiz aloqada
bo‘luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmui. Marketing tizimi o‘z
ichiga
quyidagilarni kiritadi; ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma,
raqobatchi firma
vositachi firma, iste’molchi (bozor).
Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash
- 1) marketing hujjatlarini
rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining holati va xulq-
atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni izlab topish, kodlashtirish
va saqlashni tashkil
etish; 2) marketing tizimining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi
quyitizimlardan biri (tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy,
matematik
ta’minot va boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona
menejmenti turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish, ishlov
berish, tizimlashtirish va ularni «iste’mol uchun tayyor» axborotga aylantirish.
Dostları ilə paylaş: