Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. Talabni o‘lchashni asosiy tushunchalari



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/172
tarix24.10.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#161043
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   172
Marketing

7.1-rasm. Talabni o‘lchashni asosiy tushunchalari 
Bozor talabini prognozi kelgusi yilga yoki besh yilgacha qilinishi mumkin. 
Prognoz qilinadigan davr qancha katta bo‘lsa, prognoz qilish shuncha qiyinlashadi. 
Bozor talabiga juda ko‘p tashqi omillar ta’sir etadi. Talabni prognoz qilishda 
demografik, geografik, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy – madaniy va boshqa omillarni 
ta’siri hisobga olinishi kerak. SHuningdek, bozor talabiga korxona tomonidan, uning 
marketing dasturi doirasida amalga oshiriladigan turli chora – tadbirlar ham ta’sir 
o‘tkazadi. 
Bozor sig‘imi – bu ma’lum bir vaqtda mavjud hajmdagi va tarkibdagi tovar 
taklifi shuningdek, u bilan bog‘liq bo‘lgan narx darajasi orqali yuzaga kelgan talab 
miqdoridir. U natural va qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. 
Bozor sig‘imi yuzaga kelgan narx darajasida ma’lum davr mobaynida bozorda 
sotilishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning umumiy hajmini ifodalaydi hamda u 
quyidagicha aniqlanadi: 


124 
B

= T + I – E 
Bunda, 
B

- bozor sig‘imi; 
T – bozorga taklif qilingan tovarlar yoki xizmatlarning umumiy hajmi; 
I – import hajmi; 
E – eksport hajmi. 
Ichki bozor sig‘imini hisoblashda boshqa bir qancha omillar ham hisobga 
olinadi, ya’ni to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan talab, yil boshidagi tovar zahiralari 
qoldig‘i, tovarlar bozorining to‘yinganligi, o‘rtacha kishi boshiga to‘g‘ri keladigan 
iste’mol hajmi, korxonalar ehtiyojlari. 
7.2.Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha 
Kon’yunkturani o‘rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. 
Bizning mamlakatimizda kon’yunkturani o‘rganish 20 yillarda tashkil etildi. 
«Kon’yunktura» lotincha so‘z bo‘lib, holat degan ma’noni anglatadi, u keng ma’noda 
ularning o‘zaro aloqasidan olingan shartlarning yig‘indisi, o‘tar sharoit, 
predmetlarining joylashishidir. 
Bozor kon’yunkturasi – bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda talab bilan 
taklif o‘rtasidagi nisbatdir. 
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy, 
siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni taxmin qiladi. Hozirgi kunda 
deyarli hamma yirik firmalar xususiy kon’yunktura xizmatlariga egadirlar, ular 
o‘zining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda kon’yunkturani rivojlanishini 
kuzatishadi. Iqtisodiy kon’yunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining 
rivojlanishi va o‘zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir 
ko‘rinishdir. Bu ko‘rsatilgan aniqlik o‘z ichida kon’yunktura tushunchasining barcha 
amaliy sifatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.


125 
Birinchidan, unda iqtisodiy kon’yunktura predmeti ko‘rsatilgan, ya’ni bozor, 
ayirboshlash sohasidagi kon’yunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan 
bog‘laydi.
Ikkinchidan, kon’yunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, balki butun 
ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala, iste’mol, 
bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o‘z ichiga qamrab oladi.
Uchinchidan, kon’yunktura dinamik o‘sish davrlarida ko‘riladi.
To‘rtinchidan, kon’yunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari 
bilan bog‘liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va 
kon’yunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o‘ziga xosdir.
Beshinchidan, uning ko‘rinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx 
dinamikasining nisbatidir. Bir so‘z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning 
holatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. 
Kon’yunktura tadqiqotining ikkita ob’ektiga ko‘ra - ya’ni iqtisodiy kon’yunktura 
tushunchasidagi xo‘jalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi.
1) umumxo‘jalik kon’yunkturasi
2) tovar bozori kon’yunkturasi.
Umumxo‘jalik kon’yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar 
bozorlarining va ko‘plab o‘zaro munosabatlar kon’yunkturasini yig‘indisi deb qarash 
mumkin. Tovar kon’yunkturasi umumxo‘jalik kon’yunkturasini tashkil etadi, 
umumxo‘jalik kon’yunkturasi esa tovar bozorlari kon’yunkturasini keltirib chiqarida. 
SHuning uchun ham umumxo‘jalik kon’yunkturani uni tashkil etuvchi tovar 
kon’yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab bo‘lmaydi. 
Tovar bozorlari kon’yunkturasini umumxo‘jalik kon’yunkturasini elementi sifatida 
birlashuvi, bir butun kabi tovar kon’yunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud 
bo‘lmagan yangi sifatni beradi. SHunday qilib, uning butun qismi va bo‘g‘inlarining 
belgilari o‘zaro ta’sirchanligi va o‘zaro aloqadorligi shakllarining fe’l - atvorini
umumxo‘jalik va tovar kon’yunkturasini rivojlanishni aniqlaydi. 
Bozorni va avvalo butun bozorni kon’yunkturasini kompleks izlanishlar 
ishbilarmonlar doirasining fikriga ko‘ra, ishbilarmonlarga ularning xo‘jalik 


126 
qarorlarini qabul qilishda xatoga yo‘l kuymasligi uchun tavakkalchilikni 
pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy kon’yunkturani izlash, faqatgina 
ayirboshlash sohasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining 
boshqa bosqichlari bilan o‘zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini o‘rganish 
bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan 
asoslangan tahlil va prognoz qilishni amalga oshirishga qaratilgan. 
Tovar bozori o‘zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilar o‘rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruhi va iste’molchilar 
guruhi o‘rtasida iqtisodiyotchilar aloqalarining tizimini o‘zida aks ettiradi. 
Aloqalarning asosiy ko‘rinishi 1-turi bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar 
bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali o‘zaro ta’sirga egadir va u 
milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning tarixiy rivojlanishi 
davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari 
shakllanadi. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin