115
Marketing nazorati uch xil shaklda olib boriladi: strategik, yillik va rentabellikni
tekshirib borishdan iborat. Strategik nazorat - ma’lum davr mobaynida korxona
marketing faoliyatini har tomonlama taftish qilib, uning bozordagi haqiqiy holatiga
mos kelish-kelmasligini aniqlashdir.
Yillik rejani nazoratda sotish hajmi, bozordagi ulushi, iste’molchilarning
tovarlarga bo‘lgan munosabati va boshqalar tahlil qilinadi. Korxonaning foyda va
zararlari balansi orqali va foydaning xarajatlariga solishtirish yo‘li bilan uning
rentabelligini nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: