Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/172
tarix24.10.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#161043
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   172
Marketing

bozor 
segmentasiyasi
deyiladi. 
Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko‘p jihatlardan tovar yoki 
xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo‘lgan 
masalaga bog‘liq. 
Sanoat tovarlari va keng iste’mol tovarlari uchun tanlov mezonlari bir-biridan 
juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul 


134 
mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman to‘g‘ri kelmasligi 
mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o‘rtasida paydo bo‘lgan farqlarni 
izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farqlarni 
aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim. 
Bozorni segmentlash orqali, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt quyidagi maqsadlarni 
ko‘zlaydi:

iste’molchilarni hoxish va talabini maksimal ravishda hisobga olish; 

tovarni (xizmatni) va firmaning raqobatli ustunligini ta’minlash; 

firmaning harajatlarini optimallashtirish; 

firmaning marketing strategiyasini samaradorligini oshirish; 

raqobatchilardan xolis bo‘lgan segmentlarga ketish. 
Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi hatti-harakatlarni o‘rganib, ularning 
obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj, talablarni tasavvur qilishdan iborat. 
Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangi, yuqori sifatli tovar va 
kompleks servis texnika xizmatlarni hamda samarali sotish usullarini qo‘llashdan 
iborat bo‘lib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi 
iste’molchilarni o‘rganish va o‘z navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, 
chunki bozor bir xil sub’ektlardan tashkil topgan emas. 
8.2. Bozor segmentasiyasining xususiyatlari 
Bozorni segmentlash, bozorni o‘rganishning asosiy usulidir. U yordamida bozor 
(uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo‘linadi. Bozor segmenti - bu iste’molchilar, 
tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan qismiki, ular uchun umumiy 
xususiyatlar xosdir. Bozorni to‘g‘ri segmentlash, shu segmentning maxsus 
ehtiyojlariga qat’iy rioya qilingan holda, kam xarajatlar bilan tovar etkazib berishni 
to‘g‘ri tashkil qilishdan iboratdir. Xalq iste’moli tovarlari bozorini tadqiq etishda 
marketingga oid adabiyotlarda ikki turdagi mezonlar qabul qilinadi. Birinchisi 
xaridorlarning daromadi, yoshi, jinsi, turar manzilgohi, oilaning hayotiylik davri, 
kasbi, turmush tarzi va shunga o‘xshash umumiy belgilarni hisobga oladi. 
Mezonlarning ikkinchi turi segmentlashni ijtimoiy guruhlarning kadriyatlari tizimi 


135 
yoki ularning marketing strategiyasining, masalan, yangi mahsulot, yangi sotish 
tizimi kabi vositalariga ko‘rsatadigan qiziqishlari asosida olib boradi. Amaliyotda 
birinchi usul ko‘proq qo‘llaniladi, ikkinchi usulni qo‘llash qo‘shimcha 
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki ijtimoiy sotsiologiya va psixologiya 
sohalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yo‘li bilan maxsus hisob-kitob ishlarini 
amalga oshirish talab etiladi.
Xaridorlarning munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil daromad 
hisoblanadi. 
Ko‘pgina 
mamlakatlarda 
daromad 
bo‘yicha 
uch
guruhga 
segmentlashdan keng foydalaniladi. 
Birinchi guruh,
eng yuqori daromadga ega bo‘lgan xaridorlar, amalda ular jami 
xaridorlarning 10 % ini tashkil etadi. Ular eng oliy navli tovarlarni xarid etadilar, 
xarid quvvati hamda o‘z guruhi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday guruhlar har 
bir mamlakatda bor, ularning daromad miqdori shu mamlakatning umumiy boyligiga 
bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin