140
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi
guruhlari bilan
boshlab, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari klassifikatsiyasiga
bog‘liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi.
Chuqurda segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari)
bilan boshlanib,
keyin tovarni ishlatish va qo‘llanish sohasidan bog‘liqligiga qarab kengaytirishni
nazarda tutadi.
Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o‘rganishga mo‘ljallangan
marketing tadqiqotining boshlang‘ich bosqichidir.
Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o‘z
imkoniyatlarini tartibga solib o‘tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir. U
iste’molchilar talabiga va firma imkoniyatiga javob beruvchi
segmentga tovarlarni
pozitsiyalashtirish maqsadida bozorni optimal segmentini qidirish bilan bog‘liq.
Iste’molchilar turiga ko‘ra, iste’mol talabdagi tovarlari iste’molchilarni
segmentlash va ishlab chiqarish, texnik maqsadidagi tovar iste’molchilari bo‘yicha
farq qiladi.
Tegishli mahsulot ishlab chiqaruvchilar nazarga ilmagan segment bozor darchasi
deb ataladi. Bozor darchasi xech ham mahsulot tanqisligini bildirmaydi.
Bozor uyachasi shunday bozor segmentiki, uning uchun ushbu firma tovarlari va
ularni etkazib berish imkoniyatlari eng qulay va munosibdir.
Dostları ilə paylaş: