133
8-BOB. BOZOR SEGMENTASIYASI VA TOVARNI BOZORDA
POZITSIYALASHTIRISH
8.1.
Bozor segmentasiyasining mohiyati va uning ahamiyati
«Bozorni segmentasiyalash» tushunchasi AQSHda 1950 yillarda vujudga
kelgan.
Marketing tizimida bozor segmentasiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda
talabni o‘rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda
«iste’molchini tahlil
etish»
- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy
qismga bo‘linadi: bozor segmentasiyasi
;
iste’molchi talabi sabablarini o‘rganish
;
qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash.
Bozor segmentasiyasi talabni qondirishga
tabaqalangan holda yondashuvga, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko‘ra har xil
talab qo‘yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo‘llashga
asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar
majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o‘ziga xos bir talab namoyon
bo‘ladigan hodisa tarzida olib qaraladi.
Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga bo‘lgan talablari xilma-xildir, har bir
xaridorning o‘zining didi bor. Xaridorning talabi, hohishi, ehtiyoji, turmush tarzi,
tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali marketing tadbirlari
ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozor
segmentasiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif etilishini va tovarga
talabni qat’iyligini ta’minlaydi.
Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va
tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni
Dostları ilə paylaş: