Yordamchi
kuch
berilgan tovar
Real
bajarilgan
tovar
Maqsadli tovar
9.1-rasm. Tovarning uch darajasi
14
Tovar siyosati – bu korxona(firma) bozorga taklif etayotgan mahsuloti bo‘yicha
echimlar kompleksidir.
Firmaning tovar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‘yicha shart –
sharoitlar quyidagilardan iborat:
-o‘z imkoniyatlarini aniq belgilab olish (moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa
resurslar bo‘yicha);
-bozorni, uni kelajagi va talablarini yaxshi bilish;
-uzoq muddatli korporativ strategiyasiga ega bo‘lish;
-kelajakdagi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va sotuv maqsadlarini aniq
bilish.
Tovar siyosati maqsadi – bu bozorga aniq va ma’lum bir ehtiyojlarni
qondiradigan tovarlarni taklif etishdir.
Tovar siyosatining vazifalari quyidagilardan iborat:
14
Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы маркетинга.–М.: ООО “И.Д.Вильямс”,
2012.- 752 с.
1-daraja
•Asosiy foyda yoki
xizmat
2-daraja
•O'rash, upakovka
qilish
•Xususiyat
•Tashqi bezatilishi
•Sifati
•Marka nomi
3-daraja
•O'rnatish
•Etkazib berish va
kredit berish
•Kafolat berish
•Sotuvdan keyingi
xizmatni ko'rsatish
(servis xizmati)
150
-
tovarni hayotiy davrini boshqarish;
-
tovarni raqobatbardoshligini boshqarish;
-
tovar assortimenti va nomenklaturasini boshqarish.
Tovar siyosatidagi marketologlar yondashuvi, quyidagicha:
-
innovatsion siyosat, ya’ni iste’molchilarni aniq talablarini e’tiborga olgan
holda, eng so‘nggi g‘oyalar asosida yangi tovarlar ishlab chiqish va ularni bozorga
olib chiqish;
-
assortiment siyosati, ya’ni tovar birliklari yig‘indisi bo‘yicha bozorda optimal
nisbatni aniqlash.
Puxta o‘ylanmagan tovar siyosati natijasida quyidagi hollar yuzaga kelishi
mumkin:
-
tashqi soha omillarini ta’sirini to‘g‘ri baholashmaganlik sababli, mustahkam
tovar nomenklaturasiga ega bo‘lmaslik;
-
bozorda tovarni raqobatbardoshligi ustidan nazoratni yo‘qotish;
-
ular natijasida, tovarlarni tijorat samaradorligini pasayishi sodir bo‘ladi.
Tovar-murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol
xususiyatlari,
ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarish-unga ega bo‘lgan
iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir.
Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e’tibor beriladi:
-rangi, o‘rash, dizayni, ergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta’mirlash va
boshqalarning qulayligi va boshqalar).
Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste’mol xususiyati tahlil qilinadi.
Tovar-murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol
xususiyatlari,
ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarish-unga ega bo‘lgan
iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Tovarlar quyidagi mezonlari bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘linadi:
•
maqsadli ko‘rsatkich bo‘yicha;
•
bozor turiga ko‘ra;
•
foydalanishga tayyorligiga ko‘ra;
151
•
iste’molchilar soniga qarab bo‘linadi.
Maqsadli xarakteriga ko‘ra esa tovarlar iste’mol tovarlari va ishlab chiqarishga
oid tovarlarga bo‘linadi.
Iste’mol tovarlari – bu shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan tovarlardir. Ular
kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida
talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo‘linadi.
Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir
yuvish, tozalash vositalari, uy xo‘jaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish
mumkin.
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko‘ra ularni o‘z
navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:
1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo‘jalik sovuni)
2. Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta)
3. Favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont).
Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-ro‘zgor
uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni kiyoslashni, narx, moda, dizayn
jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar:
•
o‘xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi bo‘yicha
farqlanadi);
•
alohida ko‘rinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan)
Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam
o‘ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko‘ra
•
qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar;
•
uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar.
Tovar siyosatini asosiy maqsadi bo‘lib
•
foydani ta’minlash;
•
taqsimotni ustirish;
•
firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko‘paytirish;
•
ishlab chiqarish va marketingshga xarajatlarni tejash;
•
imijni oshirish bo‘lib hisoblanadi.
152
Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi vazifalarni hal
etish orqali amalga oshiriladi:
•
uning innovatsiyasi;
•
variatsiya;
•
differensiatsiya;
•
eliminatsiya;
•
markani o‘rnatish va tanlash;
•
qadoqlash ;
•
tovarni shakli, turi va boshqalar.
Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi:
•
yangi tovarlarni qidirish;
•
yangi tovarlarni rivojlantirish;
•
bozorga yangi tovarlarni kiritish;
•
tovar shakllarini asoslash;
•
tovar sifatini tartibga solish;
•
bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar.
Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi, qolgan
vazifalarni hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshiriladi. Buning uchun,
ya’ni qarorni asoslash uchun tovarni hayotiylik davri modeli ishlatiladi.
Tovarlar va xizmatlar assortimenti – bu foydalanish bo‘yicha bir-biriga juda
o‘xshash tovarlar (xizmatlar) guruhidir.
Tovar sifati – bu tovarning o‘z funksiyalarini bajarishda ko‘rinadi va u quyidagi
parametr bilan xarakterlanadi, ya’ni uzoq muddat xizmat ko‘rsatishi, pishiqligi,
foydalanishda soddaligi va boshqalar.
Marketing fani bo‘yicha tovar sifati xaridorlar bergan baho bilan o‘lchanadi.
Dostları ilə paylaş: |