158
O‘sish davrida tovar sotish hajmi o‘sib boradi- iste’molchilar mahsulotni qabul
qilgan va unga bo‘lgan talab ta’minlangan bo‘ladi. Har qanday mahsulot bu
bosqichga etib kelmaydi: ko‘plari bozorga kirib kelish davridayoq kasodga uchraydi.
Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan to‘lib ketadi. Narxlar tobora
arzonlashib boradi.
Etuklik bosqichi tovar aylanmasini maksimallashtirish, bozorni kengayishini
davom etishi va absolyut o‘sishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar
taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda intensiv raqobat
hukm suradi. YAngi modifikatsiyali tovarlarni kiritish ularni assortiment guruhini
kengaytirish hamda xaridorlarga yangi xizmat ko‘rsatish uslublarini kiritish intensiv
innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi.
Mahsulotni etuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni
modifikatsiyalash, tovarni modifikatsiyalash va marketing-miksni modifikatsiyalash
bo‘lib hisoblanadi.
To‘yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi.
Sifatsiz va raqobatga bardosh bermaydigan mahsulotlar bozordan siqib
chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. To‘yinish davrida firmaning
umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo‘yicha to‘liq sotishni tobora oshirib
borishni ta’minlashga qaratiladi.
Inkiroz davrida mahsulotning o‘tishi qiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar
maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi «mahsulot tayyorlashni
davom ettirishdan iborat» bo‘ladi, mahsulotni bozorga etkazib berishni to‘xtatish
haqida qat’iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin bo‘lgan jami foydani sikib
olish uchun shunday qilinadi.
Tovarni yashash davri konsepsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda
katta ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: