22
Ehtiyoj - individ shaxsining madaniy darajasiga asosan o‘ziga xos shaklga
kirgan muhtojlikdir.
Ehtiyoj – bu marketingda tovarlarga va xizmatlarning ma’lum bir turiga bo‘lgan
shaxs (individuum) yoki tashkilot tomonidan tushunib
va anglab etilgan muhtojlik
tushuniladi.
F. Kotler ehtiyojga
“Hayot sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan va his qilinadigan
qoniqmaslik holati” deb ta’rif bergan edi. Bu mohiyat jihatdan asliy ehtiyojga berilgan
ta’rifdir. Insonlarning turmush tarzini belgilab beruvchi tendensiyalarning har biriga
mos keladigan asliy ehtiyojni tasavvur qilish mumkin, bunda ushbu tendensiyalar soni
cheklangandir. SHuning uchun asliy ehtiyojni inson tabiati belgilaydi,
va binobarin,
jamiyat yoki marketing tomonidan vujudga keltirmaydi, u talab yuzaga kelishdan avval
ham yashirin yoki ifodalangan holda mavjud bo‘ladi.
F. Kotler ehtiyojlar, istaklar va talab o‘rtasidagi tafovutlarni o‘rnatadi. Istaklar
ehtiyojlarni chuqurroq qondirishning maxsus vositalaridir. Asliy ehtiyojlar barqaror va
kam sonli bo‘ladi, istaklar esa ko‘p bo‘lib, o‘zgarib turadi, ularga ijtimoiy kuchlar doim
ta’sir qilib turadi. Istaklar sotib olish qobiliyati va xohishi bilan mustahkamlansa,
maxsus tovarlarga bo‘lgan potensial talablarga aylanib boradi.
Kotlerning fikricha,
marketing istak va talablarga ta’sir qilishga urinadi hamda tovarning o‘ziga jalb
qiluvchi va arzon bo‘lishini ta’minlaydi. Marketing ehtiyojlarni hosil qilmaydi; ehtiyoj
marketologlar paydo bo‘lishidan avval ham bor edi.
F. Kotler marketing iste’molchining ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni muayyan
rusumdagi avtomobil qondirishini aytib beradi. U ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni hosil
qilmaydi, balki uni qondirish vositasini taklif qiladi deb ta’kidlagan.
Ehtiyoj, istak va talabni ko‘pincha bir-biri bilan adashtirib yuborishadi, holbuki
bu uch konsepsiya o‘rtasida jiddiy farqlar bor. Ammo
marketingning ijtimoiy roli
haqidagi bahsni yopishga bu tafovutlarning o‘zi kamlik qiladi. Ko‘rinib turibdiki,
ehtiyojlar ilgaridan mavjud bo‘lsa-da, marketing ularga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Buning ustiga, xarid qilish qobiliyatining etarli bo‘lmaganligi uchun talabga aylantirib
bo‘lmaydigan istaklarning hosil bo‘lishi iqtisodiyotdagi uzilishlar va emirishlarning
muhim manbaidir. Marketing aynan shu narsa uchun bevosita
javobgardir va aynan
23
shu narsa uni qo‘llashda cheklashlar qo‘yish zarurligini izohlaydi. Ehtiyojlarni bir
necha turlarini ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: