Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


 Marketing tushunchasi va uning mohiyati



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

1.2. Marketing tushunchasi va uning mohiyati 
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda 
tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo‘lib marketing hisoblanadi hamda 
tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va 
nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konserni boshqaruvi raisi 
Djon Harvi Djons tadbirkorlikda marketingni o‘rnini tavsiflab shunday deydi, ya’ni 
«Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg‘i, balki kema 
komandasidir». 


17 
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan 
ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bo‘lishi, sotish shakllarini 
rivojlanishi hamda iste’molchilarni tovar va xizmatlar bilan o‘zaro harakati bilan 
bog‘lanadi. 
Marketing elementlarining paydo bo‘lishi XIX - asrning o‘rtalariga borib taqaladi. 
Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bo‘ladi, 
keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish 
kabilarni rivojlanishi kuzatildi. 
1902 yildan boshlab AQSHning Michigan, Kaliforniya va Illinoys 
universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qitila 
boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 
1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab 
chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yo‘naltirilgan xo‘jalik faoliyatini 
har xil turlarini amalga oshirish sifatida ko‘rina boshladi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog‘liqdir, shu 
bois marketing so‘zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. market so‘zi – bozor, 
ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi). 
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo‘nalishi, ammo 
ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo‘yicha amaliyot faoliyati 
hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini 
ko‘p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing 
assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo‘lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni 
«Marketing» shunday jarayondan iboratki, uning yordamida o‘ylangan g‘oya 
rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g‘oyalar, tovarlar va xizmat 
ko‘rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari 
ayirboshlash yordamida qondiriladi». 
Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. Rossiyalik olim I.K.Belyaevskiy 
shunday degan: «Marketing – bu bozorni o‘rganish va tartibga solish, boshqarish 
tizimidir». Taniqli evropalik marketolog Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday 
ta’rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni hohish va ehtiyojini tovarlar va 


18 
xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo‘li orqali qondirishga 
yo‘naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing – bu bir vaqtning o‘zida biznes 
falsafasi va faol jarayondir». Igor Mann fikricha, “marketingning asosiy vazifasi – bu 
mijozlarni o‘zlashtirish va ushlab qolishdir. Nuqta” deb ko‘rsatgan. SHarl Degol esa, 
“Har doim eng qiyin yo‘lni tanlang – unda siz raqobatchilarni uchratmaysiz” degan 
fikrni ilgari surgan. Zinov Davidov esa, “men hech qachon marketing bilan 
shug‘ullanmaganman. Men faqat o‘z mijozlarimni yaxshi ko‘rganman” degan fikrni 
bildirgan. A.Soliev fikricha, marketing falsafasi talablari shundan iboratki, tadbirkorlik 
faoliyati yoki biznes hatti – harakatini faqat iste’molchiga qaratish lozim. 
Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing – bu bozorni o‘rganish, u 
orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir. 
Talab bilan taklifni o‘zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-
ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayon o‘z navbatida, 
shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o‘zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga 
muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va 
xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi. 
Marketingni asosiy kategoriyalari, uning tushunchasi, mohiyatini aniqlashga 
imkon beradi. 
Muhtojlik – kishini biron bir narsani etishmasligini his etishidir. 
Ehtiyoj – individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga 
muhtojlikdir. 
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyoj. 
Talab – mavjud, potensial hamda xohish talabiga bo‘linadi. 
Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni 
tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha 
narsalardir.
Ayirboshlash – biron bir shaxsdan o‘ziga kerakli bo‘lgan ob’ektni olish uchun, 
uning evaziga boshqa narsani taklif etadi. 
Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish albatta 
iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo‘ljallashdan iborat. 


19 
Marketingni vazifasi nafaqat talabni qondirishdan iborat va aksincha unga 
shunday ta’sir ko‘rsatish kerakki, u taklifga mos kelsin. 
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq ta’rif 
bor. Mutaxassislar o‘rtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki 
masalasida yagona fikr yo‘q. Hozir ko‘pgina chet ellik marketologlar zamonaviy 
marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni o‘z ichiga olmog‘i kerak 
deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlarni tanqid qilib, ayriboshlashning 
hamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing prinsiplarini hamma 
vaziyatlarga ham tatbiq qilib bo‘lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda 
bunday xilma-xillikning sababi bor. Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni 
bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan o‘zgarib keldi va 
uning mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan 
foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlarning 
ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati o‘zgarib boradi. Bundan tashqari, 
mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat 
sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati ko‘rsatish va 
boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat 
ishlab chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin