72
Boshqa millat vakillariga nisbatan narxga ko’proq e’tibor qaratishsada,
ular uchun
mahsulot sifati va brendi ham muhim hisoblanadi.
Ohirgi yillarda mamlakatdagi ko’p korxonalar o’z mahsulotlarini, marketing
siyosatlarini oldingiga qaraganda ko’proq Afro-Amerikan guruh vakillariga
e’tiborlarini qaratishoqda. Misol uchun, Procter &
Gamble Afro-Amerikan millat
vakillari uchun mo’ljallangan rek-lama ishlab chiqarishda uzoq tajribaga ega. P&G
shuningdek, aynan qora tanli iste’molchilar uchun maxsulot taklif qiladi, “
Mening
rangim chiroyli” harakatiga katta ko’mak ko’rsatadi.
P&G ostida aynan qora tanlilar tomonidan tashkil etilgan “Mening rangim
chiroyli” hara-kati, qora tanli ayollar o’ziga bo’lgan ishonchini orttirishga
ko’maklashuvchi harakat hisoblanadi. P&G
ning aniqlashicha, qora tanli ayollar
boshqalarga nisbatan uch marta ko’proq pardoz-andoz uchun xarid qilishsada, baribir
o’zlarini boshqalardan hunik deb bilishadi. Pantene, Crest, Cover Girl Queen
Collection, Olay Definity kabi kompaniyalar tomonidan qo’llab quvvatlangan ushbu
harakat, qora tanli ayollarning o’ziga bo’lgan ishonchini orttirishni o’ziga asosiy
maqsad qilib olishgan.
Osiyo-Amerikan iste’molchilar. 16 millionni tashkil etuvchi, 2015 yilga kelib,
yillik xarid quvvati 775 milliard dollarga yetgan guruh vakillari hisoblanadi.
Osiyoliklar eng shiddatli rivojlanish bo’yicha Ispan-Amerikanlardan keyingi o’rinda
turgan bozor segmenti hisoblanishadi. Shuningdek, ular Ispan-Amerikanlarga o’xshab
turli guruhlardan tashkil topgan. Xitoyliklar eng katta qismni tashkil etsada,
ulardan
keyin Filippinlar, Hindlar, Vietnamlar, Koreyaliklar va Yaponlar guruxituradi.
Faqatgina turli xilshevada gapiruvchi Ispanlardan farqli o’laroq, bu guruh vakillari tili
bir birinikidan keskin farq qiladi.
Osiyolik iste’molchilar ko’p xarid qilishadi va boshqa millat vakillaridan farqli
o’laroq, bitta brendga va bitta mahsulotga juda sodiq bo’lishadi. Shu sababdan, ko’p
korxonalar shu guruh vakillariga o’z e’tiborlarini qaratmoqdalar. Misol uchun, Subaru
kompaniyasining asosiy xaridorlari Osiyoliklar, aniqroq qilib aytganda Amerika
Xitoyliklari bo’lganliklari sababli, korxona aynan shu guruhga bor e’tiborini qaratgan.
73
Deyarli barcha millat ijtimoiy tabaqalardan tashkil topgan.
Ijtimoiy tabaqa
faqatgina daromad orqali shakllanmay, balki kasbi, ta’lim darajasi, boyligi kabi omillar
jamlanmasidir. Ayrim jamiyatlarda, insonlar o’z tabaqasiga qat’iy biriktirilgan bo’lib,
o’z tabaqasini o’zgartira olmaydi. Zero AQShda tabaqa qat’iy biriktirilmagan bo’lib,
insonlar ijtimoiy tabaqada yuqorilashi, yoki tushib ketishi mumkin. Olimlar 7 ta AQSh
ijtimoiy tabaqasini aniqlashgan.
Marketologlarning ijtimoiy tabaqaga bo’lgan qiziqishining sababi shundaki, bir
ijtimoiy tabaqada bo’lgan insonlar umumiy va o’xshash ehtiyojlarga ega. Jumladan,
turli ijtimoiy tabaqa vakillari kiyim-kechak, uy jihozlari, sayohat, moliyaviy xizmatlar
va avtomobil kabi mahsulot va xizmatlarning turlari, brendlariga bo’lgan
qarashlari
farq qiladi.
Deyarli barcha millat ijtimoiy tabaqalardan tashkil topgan. Ijtimoiy tabaqa
faqatgina
daromadi orqali shakllanmay, balki kasbi, ta’lim darajasi, boyligi kabi
omillar jamlanmasidir. Ayrim jamiyatlarda, insonlar o’z tabaqasiga qat’iy biriktirilgan
bo’lib, o’z tabaqasini o’zgartira olmaydi. Zero AQShda tabaqa qat’iy biriktirilmagan
bo’lib, insonlar ijtimoiy tabaqada yuqorilashi, yoki tushib ketishi mumkin. Olimlar 7
ta AQSh ijtimoiy tabaqasini aniqlashgan.
Marketologlarning ijtimoiy tabaqaga bo’lgan qiziqishlarining sababi shundaki, bir
ijtimoiy tabaqada bo’lgan insonlar umumiy va o’xshash ehtiyojlarga ega. Jumladan,
turli ijtimoiy tabaqa vakillari kiyim-kechak, uy jihozlari, sayohat, moliyaviy xizmatlar
va avtomobil kabi mahsulot va xizmatlarning turlari, brendlariga bo’lgan qarashlari
bilan farq qiladi.
Iste’molchi xulqiga
guruhlar, ijtimoiy tarmoqlar, oila, ijtimoiy o’rin, martaba
kabi omillar ham ta’sir o’tkazadi.
Inson xulqiga ko’pgina kichik guruhlar ta’sir etadi. O’ziga tegishli bo’lgan inson
qaroriga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir o’tkazuvchi guruhlar a’zolik guruhlari deb ataladi.
Bundan farqli o’laroq, iqtibos guruhlari inson munosabati va xulqiga to’g’ridan-to’g’ri
yoki boshqa yo’llar orqali ta’sir o’tkazuvchi guruhlar hisoblanadi. Hohish guruhlari
o’ziga a’zo bo’lmagan insonlar istagi, xulqi va hohishiga ta’sir o’tkazuvchi
guruh
hisoblanadi. Hohish guruhiga misol qilib, insonlar istagi, hohishi tegishli bo’lgan
74
guruh, yosh basketbol ishqibozi, basketbol yulduzi Lebron Jamesdek bo’lishga va
Milliy basketbol assotsiatsiyasida o’ynashni orzu qiladi.
Dostları ilə paylaş: