Tayanch iboralar: Logistika infratuzilmasi, erkin iqtisodiy hududlar, tarmoq, modernizatsiya,
diversiyikatsiya, iqtisodiyot, transport, investitsiya, transport koridori, tovar.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
Infratuzilma transport, aloqa, ombor xo„jaligi, yo„l xo„jaligi, suv va
energetika ta‟minoti kabilarni o„z tarkibiga oladi. Mamlakatimizda tarkibiy o„zgartish
va modernizatsiya ishlari davom etar ekan, avvalo, bu borada ishlab chiqarishning
uzluksiz faoliyat olib borishini ta‟minlashda ishlab chiqarish infratuzilmasining roli
muhim.
2.
Infratuzilma tarmoqlari juda keng bo„lib, ularni bir necha guruhlarga ajratish
mumkin. Logistika infratuzilmasi shular orasida eng muhimlaridan sanalib, u EIHlar
rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Logistika infratuzilmasi iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshiruvchi, logistika faoliyatini amalga oshirish uchun zarur
bo„ladigan bino-inshoot, transport tizimlari, ishlab chiqarish obyektlari, yuk
tashuvlari, omborxonalar majmuasidir. U logistika markazlari orqali maqsadli
shakllantiriladi va samarali xizmat ko„rsatadi.
3.
Bugungi kunda O„zbekistonda qulay logistika-transport infratuzilmasi
shakllangan bo„lib, uning xalqaro andozalar asosida takomillashuvi va sifatli xizmat
ko„rsatishini ta‟minlash borasida huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy jihatdan ko„plab
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Nazorat uchun savollar: 1.
Infratuzilmasi so„zining ma‟nosi nimani anglatadi?
2.
Logistika infratuzilmasi mazmunini tushuntirib bering.
3.
Infratuzilmani qanday gurhlarga ajratish mumkin?
4.
EIHlar rivojida logistika infratuzilmasining o„rni va ahamiyati nimalardan
iborat?
5.
Logistika markazlari deganda nimalarni tushunasiz va bugungi kunda
ularning logistika infratuzilmasi samaradorligini oshirishdagi ahamiyati nimalarga
namoyon bo„lmoqda?
6.
Bugungi kunda O„zbekistonda transport logistikasi qanday shakllanganligini