147
Fors ko„rfaziga chiqish bilan;
6-yo„lak – Sharqiy yo„nalishda Xitoy orqali (tranzit bilan Qozog„iston orqali)
Sariq dengizga;
7-yo„lak – sharqiy yo„nalishda Uzoq Sharqning Naxodka va Vladivostok
portlari orqali (tranzit bilan Qozog„iston va Rossiya orqali) Sariq dengizga.
8-yo„lak – Turkiya va Yevropaga (“Baku-Axalkalaki-Kars” yangi temir yo„lida
tranzit bilan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali);
Hozirgi kunda yana quyidagi yo„nalishlar rivojlantirilmoqda:
– Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyo yo„nalishida (Turkiyaning
Mersin porti
orqali tranzit bilan Turkmaniston va Eron orqali);
– Xitoy portlariga (tranzit bilan Qirg„iziston orqali) Sariq, Sharqiy-Xitoy va
Janubiy Xitoy dengizlariga chiqish bilan.
Xalqaro ekspertlarning baholariga ko„ra, loyiha amalga oshirilgan yo„lakning
o„tkazish qobiliyati, ichki tashishlarni hisobga olmasdan, 12-14 mln. tonna yukkacha
etadi hamda Shanxaydan Lissabongacha uzluksiz er usti
aloqasi imkoniyati paydo
bo„ladi. Tomonlar Andijon, O„sh va Qashg„ar o„rtasidagi xalqaro avtomobil yo„lini
qayta qurish va rivojlantirish bitimini imzolagan.
– Afg„on muammosi tartibga solinishi munosabati
bilan tranzit bilan
Afg„oniston orqali Eronning Bandar-Abbos va Chaxbahor portlariga chiqadigan
janubiy muqobil transport yo„laklarini ishlab chiqish bo„yicha
yangi istiqbollar
ochilmoqda.
Mamlakatimizning logistika ko„rsatkichlari indeksiga nazar tashlasak, eng
yuqori natijalar aynan infratuzilma va o„z vaqtida yetkazib
berish indikatorlarida
nisbatan ijobiyligini kuzatish mumkin (5.4-jadval). Ushbu ko„rsatkichlar Xitoyda
o„rtacha 4,07 ni, Singapurda 4,14 ni, qo„shni Qozog„iston Respublikasida esa 2,75 ni
tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: