143
yangi bo„lib, (iqtisodiyotga oid adabiyotlarda XX asr 80 yillardan ishlatilib
kelinayapti) u lotincha “infra” so„zi bilan rus tilidagi “struktura”, ya‟ni o„zbekcha
“tuzilma” so„zlarining birlashmasi sifatida ishlatiladi. Lotincha “infra” – ostidagi,
tagidagi, tubidagi ma‟nolarni anglatadi.
“Infratuzilma – takror ishlab chiqarishni ta‟minlovchi umumiy sharoitlar tizimi,
iqtisodiyot tarkibini shakllantiruvchi sohalar va aholi hayotiy ta‟minoti samaradorligi
uchun xizmat ko„rsatuvchi
texnik-texnologik, tashkiliy-iqtisodiy, informatsion,
ijtimoiy va boshqa o„zaro aloqador tizim majmuasidir”
54
.
Infratuzilma moddy ne‟matlar ishlab chiqaruvchi hamda xizmat ko„rsatuvchi
tarmoqlarning faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi –
“yordamchi iqtisodiy vosita” sifatida namoyon bo„ladi.
Yuqoridagilar
asosida aytish mumkinki, infratuzilma – bu ishlab chiqarish va
insonlarning turli faoliyatida shart-sharoitlar yaratib beruvchi iqtisodiyotning
tarmoqlar majmuasidir va albatta, ijtimoiy mehnat taqsimoti mahsulidir. U moddiy va
nomoddiy sohaga xizmat qiladi (ishlab chiqarish
infratuzilmasi va ijtimoiy
infratuzilma)
55
.
Shu ma‟noda aytish mumkinki, tadqiqot obekti hisoblangan ishlab chiqarishga
xizmat qiluvchi infratuzilma – transport, aloqa, ombor xo„jaligi, yo„l xo„jaligi, suv va
energetika ta‟minoti kabilarni o„z tarkibiga oladi. Mamlakatimizda tarkibiy o„zgartish
va modernizatsiya
ishlari davom etar ekan, avvalo, bu borada ishlab chiqarishning
uzluksiz faoliyat olib borishini ta‟minlashda ishlab chiqarish infratuzilmasining roli
muhim.
Shu sababdan ham, ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarini butun
choralar bilan qo„llab-quvvatlashimiz, moddiy, moliyaviy va valyuta resurslari
cheklanganligiga qaramay, ularni rivojlantirishga ayamasdan sarflashimiz kerak.
Hozirgi infratuzilma tizimini bozor iktisodiyoti sharoitida
amal qilayotganini
ta‟kidlagan xolda uni kuyidagicha guruhlash mumkin (5.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: