Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilishi natijasida import
(eksport) qilingan tovarlarga nisbatan bojxona to„lovlari amalga oshiriladi. Bojxona
to„lovi bojxona qiymati asosida amalga oshirilib, bu qiymat tovarga nisbatan davlat
bojxona hududida shartli ravishda hisoblanadigan barcha to„lovlarni o„z ichiga oladi.
2.
Tovarlarga nisbatan bojxona to„lovlari bojxona organlari tomonidan hisoblab
chiqilgan tovar bojxon qiymati asosida amalga oshiriladi va bu to„lovlarni amalga
oshirish va uning rasmiylashtiruvi bojxona rejimiga muvofiq tarzda bajariladi.
Bojxona to„lovlari amalga oshirilishini bajxona rasmiylashtiruvidan o„tkazishning bir
qancha turlari mavjud va ular bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarga nisbatan
tadbiq etiladi.
3.
EIHarda bojxona rasmiylashtiruvi bojxona nazorati ostidan o„tkazilgan,
xavfni boshqarish tizimi qo„llanilgan hamda qat‟iy bojxona rejimi talablari va
shartlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Bunda Bojxona nazorati va bojxona
rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning
mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni
belgilashga haqli emas.
Nazorat uchun savollar: 1.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi asosidagi bojxona to„lovlari qanday
tartibda amalga oshiriladi?
2.
EIHlarda tovarlarga nisbatan bojxona to„lovlari qanday turdagi tovarlarga
nisbatan qo„llaniladi?
3.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi asosidagi bojxona to„lovlarini amalga
oshirishda qanday tartib va shartlarga amal qilinishi lozim bo„ladi?
4.
Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda nimalarga asoslaniladi?
5.
Bojxona infratuzilmasi deganda nimani tushunasiz?
6.
Bojxona to„lovlari turlarini aniqlashda qanday to„lov turlari mavjud?