Tayanch iboralar: Bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona organi, markirovka, qadoqlash, import,
bojxona rejimi, tovar, birka, etiketka, erkin iqtisodiy hududlar.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvini olib borish tegishli huquqiy-me‟yoriy
hujjatlar asosida amalga oshiriladi va bu jarayonning qonuniyligini ta‟minlashga
bojxona organlari javob beradi. Shu sababdan EIHlarda import (eksport) qilinadigan
tovarlarga bojxonarasmiylashtiruvini amalga oshirish belgilangag tartibda amalga
oshiriladi.
2.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvida asosiy qo„llaniladigan terminlar
mazmuni va ular bilan bog„liq holdagi bojxona rejimi tegishli me‟yoriy hujjatlarda
ko„rsatib o„tilgan bo„lib, amalga oshiriladigan bojxona munosabatlarini tashkil etish
va olib borish o„rnatilgan tartibdagi qoidalar asosida bajariladi.
3.
Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ularning pasporti, birkasi, leybli,
etiketkasi, markirovkasi, tegishli idishi va transport idishi mavjudligi hamda ular
haqidagi to„liq ma‟lumotlardan iborat bo„lgan holdagi qadoqlanishi belgilangan
standartlarga to„liq javob berishi nazoratdan o„tkazilgan holda amalga oshiriladi.
Nazorat uchun savollar: 1.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvida qanday terminlarning eng ko„p
qo„llanilishini va ularning mazmunini aytib bering.
2.
O„zbekiston Respublikasida tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qanda
me‟yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi?
3.
Bugungi kunda O„zbekiston Respublikasida EIHlarda tovarlarning bojxona
rasmiylashtiruvi qanday tartiblar asosida amalga oshiriladi va ularning ahamiyati
nimalardan iboratligini tushuntirib bering.
4.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvida qanday muammolar uchrashi mumkin
va ularni hal etish bo„yicha qanday takliflar bera olasiz?
5.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organlarining
qanday iqtisodiy faoliyat ko„rsatkichlarini bilasiz?
6.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi mutaxassislardan,
sizningcha, nimalar talab etiladi?