6.1-rasm. Bojxona organlarining asosiy funksiyalari EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi ishlari bojxona organlarining qonuniy
huquqlari doirasida bajaradigan funksiyalari asosida amalga oshiriladi. Bunda
ularning huquqlari bo„lib quyidagilar hisoblanadi:
- bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ma‟lumotlar va hujjatlarni
tekshirish, og„zaki so„rov o„tkazish, axborot olish, bojxona ko„zdan kechiruvini,
bojxona ko„rigini va shaxsiy ko„rikni o„tkazish, shuningdek, binolar, hududlar va
transport vositalarini ko„zdan kechirish;
- tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan so„ng jismoniy
va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma‟lumotlarning to„g„riligini hamda
ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va
transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini amalga oshirish;
- banklardan, moliya organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan, shuningdek,
jismoniy va yuridik shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan
bog„liq bo„lgan ma‟lumotlar va hujjatlarni so„rash va olish;
- bojxona nazoratini o„tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan
namunalar va nusxalar olish;
- bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo„lgan tovarlar va
boshqa qimmatliklarni ushlab turish hamda olib qo„yish;
- tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini
amalga oshirish;
- huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ma‟muriy yo„l bilan ushlab turishni
amalga oshirish;
- maxsus ruxsatnomalar va litsenziyalar berish;
-bojxona
organlari
faoliyatida
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan va nazoratning texnik vositalaridan foydalanish;
- bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta‟minlash maqsadida
mutaxassisni yoki ekspertni jalb etish;
- bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish bo„yicha takliflar kiritish.