169
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:
1.
O„zbekistonda so„nggi yilarda transport va logistika
sohasini rivojlantirish
borasida bir qator amaliy va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2011-
2015 va 2015-2019 yillarga mo„ljallangan mazkur sohani
rivojlantirishga oid davlat
dasturlari qabul qilinib, hozirda navbatdagi dasturning
yakunlanishiga erishilishi
ko„plab imkoniyatlrani taqdim etishda muhim o„rin egallaydi. Bu esa EIHlar rivoji
uchun ham juda muhimdir.
2.
O„zbekistonda ishlab chiqarish bilan birga muhandislik-kommunikatsiya va
yo„l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga davlat darajasida e‟tibor
qaratib kelinishi natijasida mazkur sohaning rivojlanishida qo„lga kiritilgan yutuqlar
tobora ortib bormoqda.
Shuning bilan birga, sohada hali hal etilishi lozim bo„gan
muammolar ham o„z yechimini kutmoqda.
3.
O„zbekistonda 2018-2021 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish
va yuk tashishning tashqi savdo yo„nalishlarini diversifikatsiyalash asosida xalqaro
tashuvni rivojlantirish maqsadida unga xizmat qiluvchi
transport-logistika
kompaniyalari davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash natijasida ular 01.01.2022
yilgacha soliqning QQS, mol-mulk va yer solig„ini to„lashdan ozod etildi.
Nazorat uchun savollar:
1.
O„zbekistonda so„nggi yilarda transport va logistika sohasini rivojlantirish
borasida qanday ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda?
2.
O„zbekistonda 2018-2021 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish
va xalqaro tashuvni rivojlantirish maqsadida unga xizmat qiluvchi transport-logistika
kompaniyalariga qanday imtiyozlar taqdim etildi?
3.
O„zbekistonda so„nggi yilarda transport va logistika xizmatlarini ko„rsatish
natijasida yuklarni tashkil hajmi, miqdori (aylanmasi) bo„yicha qanday ko„rsatkichlar
qayd etilmoqda?
4.
O„zbekistonda transport va logistika xizmatlarini ko„rsatishdagi
qulaylik va
salbiy tomonlari, sizningcha, nimalardan iborat?
5.
O„zbekistonda transport va logistika xizmatlarini ko„rsatish sohasini yanada
rivojlantirish qanday natijalarga olib keladi?
6.
Mamlakatimizda logistikani integratsiyali rivojlantirish
tizimlarini joriy
etishdagi asosiy ijobiy samaralar haqidagi fikringiz qanday?
Dostları ilə paylaş: