255
etiladi.
Davlat mazkur hududlarga alohida e‟tibor qaratgan holda ushbu joylarda maxsus
tadbirkorlik hududlarini tashkil etishga ruxsat beradi. Bunday hududlar hozirgi kunda
40 dan ortiq shtatlarda tashkil etilgan bo„lib, ularda investorlar faoliyatini mulk
solig„i to„lovi, daromad solig„i kabilardan ozod etish va sotishga to„langan soliq
summasini qaytarishlar bilan rag„batlantirish orqali investitsiyalar jalb etishni yanada
oshirish usullari qo„llaniladi.
Jumladan, AQShning Koliforniya shtatida tashkil etilgan tadbirkorlik hududlari
mashina va uskunalarni xarid qilishda (yiliga 20 mln. AQSh dollarigacha summada)
investorlar soliq kreditlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, ishga jalb etgan har
bir mahaliy ishchiga 27 ming AQSh dollaridan boshlanuvchi soliq kreditlariga ham
ega bo„ladi.
Bundan tashqari, maxsus qonun asosida sobiq (eski) harbiy baza hududidagi
korxonalarni muvofiqlashtirishda ular faoliyatini qo„llab-quvvatlash uchun 10-150
ming AQSh dollari miqdorida subsidiyalar ham beriladi.
Bunday hududlardagi investorlarga elektr sanoati, yarim o„tkazgich priborlar va
mikrosxemalar ishlab chiqarish, sputnik aloqalari, dasturiy ta‟minot xizmatlari uchun
investitsiyalar kiritishida 6% hajmidagi investitsion kreditlarni taqdim etadi.
Yuridik maqomi bo„yicha AQShda boshqaruv
federal, davlat
va
mahalliy
boshqaruv
ga bo„linadi va TH tegishli darajadagi davlat idoralari qarorlari bilan
tuziladi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va bandlikni oshirish uchun THda faoliyat
yurituvchi Amerika kompaniyalari turli imtiyozlar bilan ta‟minlangan.
Dostları ilə paylaş: