- umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) hududlar ;
- ixtisoslashgan hududlar (subzonalar). Bugungi kunda AQShda 253 umumiy maqsadli zonalar va taxminan 400 ta
subzonalar mavjud
73
.
Umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalar odatda, port va aeroportlar
hududida yoki ular yaqinida AQSh bojxona xizmati vakolatlaridan tashqarida
joylashgan bo„ladi.
Odatda, umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi savdo zonasida
tovarlarni saqlash uchun ijaraga beriladigan bo„sh joylar (maydon), har qanday
transport vositasi kirish imkoniga ega bo„lgan distribyutorlik (tarqatish) markazi
joylashgan bo„lishi lozim.
Umumiy maqsadlardagi zonalarning faoliyati sohasi mahsulotni qo„shimcha
qayta ishlashsiz saqlashni, saralashni, qadoqlashni o„z ichiga oladi.
Umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalar Tashqi savdo zonalari
bo„yicha Komiteti tomonidan mahalliy hokimliklar yoki shtat Hukumati huzuridagi
turli xil tashkilotlarga, masalan, iqtisodiy rivojlanish bo„yicha agentliklar, port
administratsiyasiga ruxsat berish asosida tashkil etiladi.
Ushbu zonalar savdoni kengaytirish va aholi bandligi darajasini oshirish
maqsadida tashkil etiladi va kommunal xizmatlar davlat korxonalari uchun e‟lon
qilingan tariflar asosida taqdim etiladi.
Zonalar davlat yoki xususiy kompaniyalar tomonidan boshqariladi.
Umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi savdo zonalari dastlab Nyu-
York, Nyu-Orlean, San-Fransisko, Oakland, Los-Anjeles va Sietldagi yirik portlarda
joylashgan.
1950-yillarda Toledo (Ogayo shtati), Janub (Michigan), Mayaguez (Puerto-
Riko), Honolulu (Gavayi)da xuddi shunday hududlar yaratilgan.
Eng muhimi, 70-80 yillarda hududlarning soni ko„paydi, bu AQSh tashqi
savdosi o„sishini va ichki bozorda raqobatning kuchayishini aks ettirdi.
Ushbu davr mobaynida bunday hududlar dengiz portlari va xalqaro
aeroportlarda emas, balki, okeanga ega bo„lmagan shaharlarda ham yaratilgan, lekin,
hozirda ham tashqi savdo sohasida muhim rol o„ynaydi.
1970-yilga kelib yaratilgan 52 umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi
savdo zonalaridan 24 tasi okeanga kirish imkoniga ega bo„lmagan shaharlarda
joylashgan edi. Ushbu jarayonda AQSh savdo hajmining oshishi bilan bir qatorda
xorijiy
korporatsiyalarning
ichki
bozorda
faollashuvi,
turli
xil
eksport
operatsiyalarining jadal o„sishi mamlakatda yangi savdo infratuzilmasini yaratishga
olib keldi.