260
G„arbiy Yevropada birinchi oliy ta‟lim texnoparki 1947 yilda Boston shahrida
paydo bo„ldi. Uning o„n yillik faoliyatlari va keyingi yuzaga kelgan oliy ta‟lim
texnoparklari XX asr 70 yillaridan boshlab sezilarli darajada o„sishga erishib bordilar.
Bugungi kunga kelib AQShda texnoparklar 200
dan ortiqni tashkil etsa,
Yevropada 1500 dan ortiq turli innovatsion markazlar va 260 dan ortiq ilmiy-texnik
parklar faoliyat ko„rsatmoqda.
AQShda texnoparklarning
ikkita turi
mavjud:
-
ayrim shaxslar yoki xususiy tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil qilingan
texnoparklar;
-
ayrim shtatlar hukumatlarining qarori bo„yicha tashkil qilingan texnoparklar.
Ikkinchi turdagi texnoparklar hozirgi kunda ham yaratilmoqda, ammo, eng
mashhur va samarali texnoparklar birinchi turga mansub.
Ulardan quyidagilarini
ajratish mumkin:
-
“Silikon vodiysi” (Kaliforniya);
-
“128 Boston yo„nalishi” (Massachutis texnologik universiteti va Garvard
universiteti yaqinida);
-
“Uchburchak - park” (Shimoliy Karolina).
Ushbu uchta texnopark bunday markazlarning nafaqat AQSh,
balki chet elda
ham tashkil etilishining modellari sifatida xizmat qiladi.
Texnoparklarni tashkil etishda turli xarajatlar – investitsiyalar talab etiladi. Bu
uning maydoni, davlat, qurilishlar hajmi, risk darajasi kabilarga ham bog„liq.
Masalan, AQShda o„rtamiyona texnoparklarni tashkil etishga kamida 10-12 mln.
AQSh dollari, Buyuk Britaniyada – 800 ming AQSh dollari, Polshada – 200-300
AQSh dollari kerak bo„ladi.
Texnoparklarni moliyalashtirish turli xil manbalardan amalga oshiriladi:
- universitet va xayriya jamg„armalari tomonidan ta‟sis etilgan fondlar
hisobidan;
- mahalliy hokimiyat mablag„lari hisobidan;
- federal muassasalar va vazirliklar mablag„lari hisobidan;
- sanoat firmalari mablag„lari hisobidan
- shaxsiy mablag„lar hisobidan.
Texnoparklarning ayrimlari daromad
asosida faoliyat yuritsa, ayrimlari
daromadsiz tashkilotlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: