259
ularni tijoratlashtirish maqsadlarida tashkil etiladi.
Texnoparklar rezidentlari mazkur tashkil etilgan hududning o„zida barcha
zauririy ijtimoiy va biznes-xizmatlari komplekslariga ega bo„lmog„i lozim. Ushbu
faoliyani maxsus tashkil etilgan kompaniyaboshqarib boradi.
AQShda texnoparklarni tashkil etishdan
maqsad
–
venchur kompaniyalarga,
yangi turdagi mahsulotlar va texnologiyalarni kashf etuvchi, ishlab chiquvchi alohida
ixtirochilar va olimlarga imtiyozli shartlarda yordam ko„rsatish.
AQShda texnoparklarning tashkil etilishi o„tgan asrning 50 yillari boshiga borib
taqaladi.
Mazkur davlatda birinchi texnopark Koliforniya shtatidagi
Stenford universitet
ilmiy parki
tashkil etilishi bilan paydo bo„lgan.
Universitet o„zi egalik qilgan hududda bo„sh er uchastkasini topib,
uni va
binolarni mustаqil kichik korxonalar va yuqori texnologiyalar sohasida faoliyat
ko„rsatuvchi, federal hukumat buyurtmalari hisobiga jadal rivojlanib borayotgan va
o„z bo„linmalarini tashkil etishga intiluvchi,
yuqori imkoniyatli amaldagi
kompaniyalarga ijaraga bera boshladi.
Ijaradagi firmalar universitet bilan uzviy aloqa va hamkorlikda faoliyat
ko„rsatdilar. Lekin, taxnopark sifatida to„la shakllanishi uchun va o„z ilmiy parki er
maydonini va binolarni ijaraga berish uchun zaruriy infratuzilmani shakllantirish,
qurilishlarni yakunlashga 30 yil kerak bo„ldi.
Dostları ilə paylaş: