Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

 
 
 
 
 
 
9.1-rasm. XitoydaEIH tashkil etish bosqichlari 
 
Birinchi bosqich
– 1978-1982 yillar. Bu bosqichda xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilishning huquqiy-shartnomaviy va institutsional asoslari yaratildi. Mazkur 
bosqichda dastlabki EIHlar – Guandun (Shenjen, Chjuxay, Shantou) va Futszyan 
viloyatlarida (Syamen) tashkil etildi. Bu EIHlar maxsus iqtisodiy hudud (MIH)lar 
sifatida tashkil etildi va shu nom bilan tilga olinadi. 1979-yilda Guangdong va Fujian 
provinsiyalarida “maxsus siyosat va moslashuvchan choralar” tizimining joriy etilishi 
birlamchi qadam edi va shu maqsadda 1981-yil noyabrda “Guangdong va Fujian 
provinsiyalariga alohida iqtisodiy maqom berish to„g„risida” XXR Davlat Kengashi 
qarori e‟lon qilindi. Dastlab, 1980-yil avgustda Guangdong provinsiyasidagi 
Shenzhen, Chjuxay va Shantou hamda shu yilning oktabrida esa Fujian 
provinsiyasidagi Xiamen hududlari 4 ta MIHlarga aylantirildi. Ularning umumiy 
maydoni 15 kv. km.dan (Chjuxay) 52,4 ming kv. km.ni (Lyaodun yarim oroli) tashkil 
etgan edi. 
Ushbu MIHning maqsadi deyarli bir xil bo„lib, maxsus moliyaviy, investitsion 
va savdo imtiyozlari orqali hududda barqaror iqtisodiy o„sishga erishish edi. Ular, 
asosan, joriy innovatsion siyosatni amalda sinovdan o„tkazish uchun tashkil etilgan 
bo„lib, agar loyiha o„zini oqlasa, bunday MIHlarni mamlakat bo„ylab keng tarqatish 
rejasi ko„zda tutilgan. MIHlarda joriy etilgan imtiyozlar va qulay ishlab chiqarish 
omillari yig„indisi kutilmagan iqtisodiy o„sishga sabab bo„ldi. 1980-1984 yilda yillik 
Xitoy YaIMi o„rtacha 10 % o„sdi. Bu ko„rsatkich Shenzhenda 58 %, Zhuhaida 32 %, 
Xitoyda EIҲlarni 
tashkil etish 
bosqichlari
O„sish polyusi bosqichi 
(1978-1982 yillar) 
Bir maromda 
rivojlanish bosqichi 
(1983-1989 yillar) 
Klasterlash bosqichi 
(1990-yildan hozirga 
qadar) 
Davlat boshqaruvi 
yetakchilik qildi, 
huquqiy asos yaratildi 
Tashqi investitsiyalar 
ko„plab kiritildi 
Texnologiyalar 
innovatsiyasi 
qo‟llanildi 


268 
Xiamenda 13 % va Shantouda esa 9 % bo„ldi. 
Bu provinsiyalarning EIHlar uchun tanlanishi tasodifiy emas. EIHlarning 
Gonkong, Singapur, Tayvan va Syamenga yaqin joylashganligi muhim ahamiyatga 
ega. EIH tashkil etishda Xitoy hukumati xorijdagi xitoyliklar bilan an‟anaviy xo„jalik 
aloqalaridan keng foydalanishni nazarda tutgan. Ta‟kidlab o„tish kerakki, bu 
masalada, Xitoy xato qilmadi. 90 yillarning boshida EIHlarga jalb etilgan 80 % 
xorijiy kapital Gonkong, Syamen, Singapur va Tayvan hissasiga to„g„ri kelgan edi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin