378
chiqishning eksport nazorati to„g„risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibi
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta‟minlanishiga qaratilgan barcha chora-
tadbirlar yig„indisi.
Embargo
– alohida mamlakat yoki davlatlar guruhi
bilan savdoni butunlay
ta‟qiqlash.
Erkin iqtisodiy zonalar
– 1) davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus
qonunlarga muvofiq, xo„jalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug„ullanish
uchun
imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar; 2)
mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini,
istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq
belgilangan ma‟muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo„lgan maxsus
ajratilgan hudud. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb
etish maqsadlarida tashkil
etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi.
Erkin iqtisodiy zonalar, ko„p hollarda,
davlatlararo tutash hududlarda, xalqaro
aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yo„llari tutashgan hududlarda tashkil
etiladi.
Erkin iqtisodiy zona hududida investitsiyalash to„g„risidagi bitim
(keyingi
o„rinlarda investitsiyalash to„g„risidagi bitim deb ataladi) –
Direksiya va investor
o„rtasida tuziladigan hamda ularning huquqi, majburiyati va mas‟uliyatini belgilovchi
bitim.
Erkin iqtisodiy zona qatnashchisi
– belgilangan tartibda erkin iqtisodiy
zona
Dostları ilə paylaş: