Sh Shartnoma –
bu moddiy-buyum shaklidagi tovarlarning oldi-sotdi kelishuvini
xalqaro tijorat amaliyotiga muvofiq hujjatlashtirish.
E Ekologik audit – ekologik auditorlar (firmalar) tomonidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda va shartlarda o„tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy
ta‟sir ko„rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil
ekologik ekspertiza qilish.
Eksport (ingl. export, lot. exporto – olib chiqaman, chetga chiqaraman) –
tovarlar, xizmatlar, investitsiyalar, qimmatli qog„ozlar, texnologiyalar va boshqalarni
tashqi bozorga chiqarish.
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar – alohida ajratilgan hududlardan iborat bo„lib,
u erda ilmiy-ishlab chiqarish va o„quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy
va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot
o„rnatiladi. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan
zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari – texnopolislar shaklida
tashkil etiladi.
Eksport ishlab-chiqarish hududlari – sanoat korxonalari import xomashyolar,
materiallar, yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish yoki mahalliy xomashyoni
ishlatgan holda, xorijiy texnologiya, uskuna va boshqa ishlab chiqarish omillaridan
foydalanish orqali eksport mahsulotlari ishlab chiqariladigan hududlar.
Erkin ishlab chiqarish zonalari –
tadbirkorlikni
rag„batlantirish,
iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli
texnologiyalarni joriy etish maqsadida xo„jalik-moliyaviy faoliyatning alohida
tartiboti joriy etiladigan hududlardir. Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga
yo„naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini,
industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni o„z ichiga oladi.