375
ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortgan qismi. Korxonalar va tadbirkorlar
xo„jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy ko„rsatkichlaridan biri. Foyda pulda
ifodalanadi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida
tovar va xizmatlar narxi
tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda
topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish
bozor iqtisodiyotining
rivojlanishini ta‟minlaydi.
Fond bozori
, qimmatli qog„ozlar bozori – moliya bozorining qimmatli
qog„ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug„ullanadigan sohasi. Fond
bozorining asosiy vazifasi: investitsiyalarni, ya‟ni kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablag„larini to„plash
hamda
taqsimlash; qimmatli qog„ozlar paketlaridan foydalangan holda mulk egaligini
o„zgartirish; qimmatli qog„ozlar oldi-sotdisi yo„li bilan bozorni qayta taqsimlash;
qimmatli qog„ozlar chiqarish yordamida davlat qarzini moliyalashtirish va boshq.
Fyuchers
(lot. futurus – kelajak) – tovar yoki fond birjalarida xomashyo
tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qog„ozlarni amalda bo„lgan
narxlarda, lekin,
yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish bilan oldi-sotdi
qilish bo„yicha bitishuvlar.
Dostları ilə paylaş: