372
xos xususiyati shundaki, u foiz ko„rinishida foyda keltiradi.
Sug„urta
– 1) tabiiy ofatlar, har xil baxtsiz hodisalar ro„y
berishi natijasida
ko„rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari to„lash uchun maqsadli pul
jamg„armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog„liq
iqtisodiy
munosabatlar tizimi; 2) yuridik yoki jismoniy shaxslar to„laydigan sug„urta
mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug„urta
hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug„urta shartnomasiga muvofiq sug„urta
tovonini (sug„urta pulini) to„lash yo„li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish.
Sug„urta kompaniyasi
–
1) sug„urta faoliyatini
amalga oshirishga
ixtisoslashgan yuridik shaxs, sug„urta xizmatlari
bozorining professional
ishtirokchisi; 2) sug„urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, ya‟ni sug„urta
hodisasi
ro„y bergan chog„da sug„urtalangan shaxsning zararlarini qoplash majburiyatini
o„ziga oluvchi tashkilot.
Sug„urta mukofotlari (to„lovlari)
– sug„urta
qilinuvchilar tomonidan
sug„urtalovchilarga to„lanadigan badal pullari bo„lib, ularning miqdori va hisoblash
tartibi sug„urta shartnomasi bilan belgilanadi va ham so„m,
ham chet el valyutasida
to„lanadi.
Sug„urta polisi
, sug„urta vasiqasi – sug„urta shartnomasi yuridik kuchga
kirganini, sug„urta qiluvchi tomonidan beriladigan va sug„urta to„g„risidagi
shartnomani tasdiqlaydigan hujjat.
Dostları ilə paylaş: