Noaniqlik (mavhumlik) – investitsiya loyihasini amalga oshirish shart-
sharoitlari haqidagi ma‟lumotlarning to„liq yoki aniq emasligi.
O Obligatsiya – foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog„oz. Davlat
organlari tomonidan budjet defitsitini qoplash uchun va aksiyadorlik jamiyatlari
tomonidan kapitalni jalb qilish maqsadida chiqariladi.
Oltin-valyuta zahiralari –
mamlakatning markaziy emissiya banki yoki
xazinasida quyma va tanga shaklida to„plangan
markazlashgan
oltin zahira fondi.
Oltin-valyuta zahiralariga hukumat va markaziy banklarga tegishli bo„lgan oltin
quymalari va oltin tangalar, xorijiy bank hisob raqamlaridagi valyuta mablag„lari,
xorijiy mamlakatlar banknotlari, tangalari va davlat qimmatli qog„ozlari kiradi. Oltin-
valyuta zahiralari mamlakatning pul birligini mustahkamlash, uni barqaror ushlab
turish, shuningdek, ichki valyuta bozorini zaruriy valyuta mablag„lari bilan
ta‟minlash maqsadida shakllantiriladi.
Optsion (nem. option – tanlash, istak) – sotuvchi yoki xaridorga qimmatli
qog„ozlar yoki tovarlarni muayyan muddat davomida belgilangan narxlarda sotib
olish yoki sotish huquqini beradigan shartnoma.
Offshor zona – yuridik shaxslarga nisbatan soliq imtiyozlari yaratilgan,
buxgalteriya hisoboti va audit bo„yicha talablar yumshatilgan, bojxona to„lovlari va
savdo cheklovlari qisman yoki butunlay olib tashlangan ma‟lum davlatning erkin
iqtisodiy hududi.
P Pay , hissa – firma, kompaniya, jamiyat, shirkatning umumiy kapitalida
muayyan jismoniy va yuridik shaxs hissasiga to„g„ri keladigan pul badali summasi
370
yoki ulushi. Pay egasi oladigan daromad dividend deyiladi.
Patent (lot. patens – ochiq, aniq-ravshan) – texnik yechim (ixtiro)ning davlat
tomonidan e‟tirof etilganligini va ixtirochining o„z ixtirosiga olgan mutlaq huquqini
tasdiqlovchi hujjat.