367
foydalanish uchun lizing oluvchiga o„n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
Lizing to„lovlari
– lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan
xarajatlarining hammasi yoki ko„p qismi, shuningdek,
lizing obyektini yetkazib
berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan
bog„liq bo„lgan boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing
beruvchining daromadi. Lizing to„lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga
taqsimlanadi va bo„lib-bo„lib to„lanadi. Lizing to„lovlarining miqdorlari va davriyligi
lizing shartnomasi bilan belgilanadi.
Lizing obyektlari
– tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste‟mol
qilinmaydigan
har qanday ashyolar, shu jumladan, korxonalar,
mulkiy komplekslar,
binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko„char va ko„chmas
mulklar.
Litsenziya
– u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo„jalik ishlab chiqarish va ilmiy
faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma‟lum bir turi va miqdorini
eksport yoki import qilishga davlat yoki boshqaruv mahalliy
organlarining rasmiy
ruxsati.
M
Markaziy bank
– mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib
chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat
banki. Markaziy bank «banklarning banki» bo„lib, pul muomalasini tartibga solishda
va budjetni boshqarishda davlatga va hukumatga
yordam beradigan organ
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: