Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Majburiy zahira talabi 
– tijorat banklari jalb qilgan mablag„laridan ma‟lum bir 
qismining Markaziy bankning zahira fondiga o„tkazilishi. 
Marketing xizmatlari
– maxsus tayyorgarlik ko„rgan marketologlar guruhi, 
uyushmasi, bo„limi va boshqarmasining faoliyat majmui. 
Mas‟uliyati cheklangan jamiyat 

 
a‟zolari jamiyat majburiyatlari bo„yicha 
faqat o„zlari qo„shgan ulush doirasida javobgar bo„ladigan jamiyat. 
Maqsadli soliq imtiyozlari
– xo„jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlatning 
maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va boshqa dasturlarining bajarilganligi 
uchun soliqqa tortish hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq kreditidan farqli 
ravishda o„zaro manfaatdorlik (o„zaro foydalilik) asosida mintaqaviy budjetga borib 
tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya hokimiyati organlari tomonidan har 
qanday korxonaga berilishi mumkin. 
Milliy valyuta
– bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi va tanho to„lov 
vositasi deb qabul qilingan puldir. Har bir milliy valyutaning boshqa valyutaga 
almasha olish xususiyati valyuta konvertatsiyasi deyiladi. To„liq konvertirlanuvchi va 
qisman konvertirlanuvchi valyutalar bo„ladi. Valyutalarning konvertirlanish darajasi 
mamlakat iqtisodiyotining ochiqligi, uning rivojlanganligi va eksport salohiyatiga 
bog„liq bo„ladi. 
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi 
– halol raqobat sharoitida jahon 
bozori talablarini qondiruvchi, iqtisodiy o„sish va turmush sifatini oshirishni 
ta‟minlaydigan tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko„rsatish hamda o„rta va 
uzoq muddatga iqtisodiy o„sishning yuqori sur‟atlarini ta‟minlab turish qobiliyati.


368 
Mikrolizing
– mikromoliyaviy xizmatlar ko„rsatuvchi tashkilotlar (tijorat 
banklari va boshqa kredit muassasalari) tomonidan lizing oluvchining topshirig„iga 
binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish 
uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish 
nazarda tutiladigan xizmat. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
uchun «Mikromoliyalash to„g„risida»gi hamda «Lizing to„g„risida»gi qonun 
hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan 
oshmaydigan summada beriladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin