Reeksport – mamlakatga oldin olib kirilgan tovarlarni qayta ishlovsiz xorijga
chiqarish va sotishni nazarda tutadigan operatsiyalar.
Risk – bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan
ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo„lib qolish
ehtimoli. Risk kutilishi mumkin bo„lgan xatar bo„lib, investitsiyadan mo„ljallangan
foydani olish jarayoniga xos bo„lgan umidsizlik.
S Savdo-ombori hududlari – xorij tovarlari bojxona boji to„lovlarisiz saqlanishi,
sotilishi va sotib olinishi mumkin bo„lgan hududlar. Bunday hududlar quyidagi
xususiyatlarga ega bo„lishi mumkin: ularni jahon bozoriga xizmat ko„rsatishi uchun
tashkil qilish; mamlakatning qolgan hududlarida amalda bo„lgan ko„pgina soliq
normalari va bojxona cheklovlarining bu hududda amal qilmasligi; tashqi iqtisodiy
aloqalarda davlat tartibga solishining tarqalishi.
Sarmoya (fors.-tojik. – bosh va mablag„) – asosiy savdo mablag„i. Sarmoya
o„zining kelib chiqishi jihatidan savdo kapitali yoki savdo mablag„idir. Ko„pgina
iqtisodiy adabiyotlarda sarmoya investitsiya deb ham ataladi.
Soliqlar –
qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo„yicha xo„jalik yurituvchi
subyektlardan va fuqarolardan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy budjetga
olinadigan majburiy to„lovlar.
Soliq imtiyozi – soliq to„lovchi soliq majburiyatlari hajmining to„liq yoki
qisman qisqarishi, to„lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi.
Soliqlarning rag„batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali amalga
oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish obyektining o„zgarishida, soliqqa tortish
bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va
boshqalarda o„z ifodasini topadi.