359
tavsiflangan va taxminan hisob-kitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan
tadbirkorlik ishining hamma tomonlari o„z aksini topadi.
Bir-birining o„rnini bosadigan tovarlar
– o„zining belgilangan vazifasi,
qo„llanilishi, sifat va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa parametrlari bo„yicha
taqqoslanishi mumkin bo„lgan
shunday tovarlarki, ularni oluvchi iste‟mol qilish
chog„ida bir tovarni boshqasiga haqiqatan ham almashtiradi
yoki almashtirishga
tayyor bo„ladi.
Bojxona bojlari
– ma‟lum bir mamlakatning hududiga mahsulotlarni kiritish,
undan chiqarish va olib o„tishda undiriladigan iste‟mol soliqlaridan biri.
Ularning
asosiy maqsadi daromad olish bo„lmasdan, balki ichki bozorni,
milliy sanoatni va
qishloq xo„jaligini himoya qilishdir. Davlat iqtisodiy (moliya-soliq) siyosatining
instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Import qilinadigan
mahsulotlarning bahosi
bilan ichki bozordagi xuddi shunga o„xshash mahsulotlarning bahosini tenglashtirishi
lozim. Odatda, mahsulotlar bahosidan olinadi. Buning uchun, ayrim hollarda, maxsus
me‟zonlar (masalan, og„irlik, maydon) ham qo„llanilishi mumkin.
Bojxona brokeri
– bojxona rasmiylashtiruvi bo„yicha operatsiyalarni
deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirig„iga
binoan va uning nomidan
shartnoma asosida amalga oshiradigan yuridik shaxs.
Bojxona deklaratsiyasi
– asosiy bojxona hujjati bo„lib, yukni tasarruf qiluvchi
shaxsning arizasidan iboratdir. Bu hujjat yukni tasarruf qiluvchi tomonidan tovarni
import yoki eksport qilishda bojxonaga taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: