Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Investitsiya muhiti, iqtisodiy tuzilma, investitsiya loyihasi, risk, investor
valyuta, Jahon banki, investitsion jozibadorlik. 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1.
Investitsiya muhitini baholash uning investitsyalarni jalb etish uchun 
qanchalik jozibali ekanligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan ham 
har bir davlat o„z investitsiya muhitini baholash va uning natijasi asosida investitsiya 
muhitining yanada qulayligini oshirishga doimo alohida e‟tibor qaratib keladi. 
2.
Investitsiya muhitini baholashda har bir davlatda e‟tiborga olinadigan alohida 
mezonlar ishlab chiqilgan. Shuning bilan birga jahonda turli xalqaro tashkilotlar, 
reyting agentliklari tomonidan ham davlatlar investitsiya muhitini baholash amaliyoti 
mavjud. Bu esa investitsiya muhitining xolis subyektlar tomonidan xorijiy investorlar 
uchun jozibadorligini haqqoniy baholash ishonchini uyg„otadi. 
3.
Xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan investitsiya muhitini 
baholashda turli omillar hisobga olinib, ularning investitsiya muhitiga ko„rsatuvchi 
ta‟siridan kelib chiqib turlicha balllarda baholash tizimi ishlab chiqilgan. Jumladan, 
dunyoning bir qator rivojlangan davlatlari, masalan, Shveytsariya, Germaniya kabi 
qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va 
ijtimoiy xolatini baholash uchun har biri 0 – qoniqarsiz va 4 – o„ta qulaygacha 
bo„lgan balli shkala bo„yicha baholanadigan 15 ta muhim ko„rsatkichni hisobga 
oladigan 
“BERI” (business environment risk index)
ni qo„llaydi. 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Investitsiya muhitini baholashning obyektiv zarurligi nimalardan iborat? 
2.
Investitsiya muhitini baholashda tez o„zgaruvchan va nisbatan barqaror 
omillar nimalardan iborat? 
3.
Qaysi xorijiy davlatlarning investitsiya muhitini baholash tizimini bilasiz? 
4.
“Xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan investitsiya muhitini 
baholashning zarurligi nimalardan iborat? 
5.
Investitsiya muhitini baholash bo„yicha qanday xalqaro tashkilot va reyting 
agentliklarini bilasiz? 
6.
“Investitsiya muhitini baholashda qanday ko„rsatkichlardan foydalaniladi, 


123 
“BERI” va ICOR ko„rsatkichlari nima maqsadla qo„llaniladi? 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin