254
8.4-jadval.
AQShdagi tadbirkorlik zonalari xususiyatlari
Tashkil etish asosi
Hukumat dasturlari
Birinchi tadbirkorlik zonasi
1980 yil Florida shtatida
Maydoni
2,5-5 km
2
, ayrim hollarda 13 km
2
Maqsadi
yuqori ishsizlik darajasiga ega shaharlarda
tadbirkorlikni rivojlantirish
Turlari
Federal, shtat yoik mahalliy darajadagi
Imtiyoz turlari
Soliq,
moliyaviy
va
ma‟muriy
rag„batlantirishlar
AQShda tadbirkorlik hududlari faoliyat yuritish shartlari:
1.
Tadbirkorlik hududining faoliyat yuritish muddati 10-20 yilni tashkil etadi.
Federal tadbirkorlik hududlari muddatni uzaytirish imkoniyati bilan 20 yilga tashkil
etiladi.
2.
Tadbirkorlik hududlari shtat hukumati yoki mahalliy
boshqaruv organlari
tomonidan uni tashkil etish bo„yicha arizaning tasdiqlanishi va ruxsatnoma
olinishidan so„ng Uy-joy qurilishi va shaharsozlik rivojlanishi vazirligi tomonidan
nazorat qilinadi.
3.
Tadbirkorlik hududlari soliqlardan imtiyozlar va past ma‟muriy
talablarga
ega.
AQShda tadbirkorlik hududlari faoliyatiga imtiyozlar:
1. Federallarning imtiyozlari va rag„batlantirishlari:
– qurilish va ta‟mir xarajatlariga to„lovlarda soliqlardan 5 %lik chegirma
mavjud;
– korxonalarga qo„shimcha tashkil etilgan har bir ish o„rni uchun qo„shimcha
soliq chegirmalari (bir kishiga 2000 AQSh dollarigacha);
– kompaniya kapitalini ko„paytirishga soliqlar bekor qilingan.
2. Alohida shtatlar huqumati tomonidan soliq imtiyozlari:
– Konnektikutdagi korxonalar daromadiga 50% chegirma;
– Luiziana shtatida uskunalar sotuviga, Kanzas shtatida
qurilish materiallari
sotuviga, Virdjiniya shtatida asosiy kapitalga investitsiyalarga soliqlardan 100%
chegirma.
Tadbirkorlik hududlarida korxonalar imtiyozlarning 70%ini yangi ish o„rinlarini
yaratish bilan qo„lga kiritadilar.
AQShda despressiv hududlarda xo„jalik faoliyatini tashkil etishda imtiyozli
kreditlash keng yo„lga qo„yilgan.
Mazkur hududlar iqtisodiyotiga moliyaviy qo„llab-quvvatlashni kengaytirish
maqsadida alohida shtatlar darajasida
maxsus soliq rejimlari, bevosita subsidiyalar,
imtiyozli qarzlar va investorlar uchun manfaatli bo„lgan boshqa afzalliklar taqdim
255
etiladi.
Davlat mazkur hududlarga alohida e‟tibor qaratgan holda ushbu joylarda maxsus
tadbirkorlik hududlarini tashkil etishga ruxsat beradi. Bunday hududlar hozirgi kunda
40 dan ortiq shtatlarda tashkil etilgan bo„lib, ularda investorlar
faoliyatini mulk
solig„i to„lovi, daromad solig„i kabilardan ozod etish va sotishga to„langan soliq
summasini qaytarishlar bilan rag„batlantirish orqali investitsiyalar jalb etishni yanada
oshirish usullari qo„llaniladi.
Jumladan, AQShning Koliforniya shtatida tashkil etilgan tadbirkorlik hududlari
mashina va uskunalarni xarid qilishda (yiliga 20 mln. AQSh dollarigacha summada)
investorlar soliq kreditlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, ishga jalb etgan har
bir mahaliy ishchiga 27 ming AQSh dollaridan boshlanuvchi soliq kreditlariga ham
ega bo„ladi.
Bundan
tashqari, maxsus qonun asosida sobiq (eski) harbiy baza hududidagi
korxonalarni muvofiqlashtirishda ular faoliyatini qo„llab-quvvatlash uchun 10-150
ming AQSh dollari miqdorida subsidiyalar ham beriladi.
Bunday hududlardagi investorlarga elektr sanoati, yarim o„tkazgich priborlar va
mikrosxemalar ishlab chiqarish, sputnik aloqalari, dasturiy ta‟minot xizmatlari uchun
investitsiyalar kiritishida 6% hajmidagi investitsion kreditlarni taqdim etadi.
Yuridik maqomi bo„yicha AQShda boshqaruv
federal, davlat
va
mahalliy
boshqaruv
ga bo„linadi va TH tegishli darajadagi davlat idoralari qarorlari bilan
tuziladi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va bandlikni oshirish uchun THda faoliyat
yurituvchi Amerika kompaniyalari turli imtiyozlar bilan ta‟minlangan.
Dostları ilə paylaş: