Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, erkin tadbirkorlik hududi, infratuzilma, xalqaro
mehnat taqsimoti, sanoat, texnopark.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
RFda tashkil etilgan EIHlar tarkibida “Sankt-Peterburg”, “Viborg”,
“Texnopolis Zelenograd” EIHlari alohida o„rin egallaydi. “Sankt-Peterburg” EIH
intellektual va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va zamonaviy texnologik
jarayonlarni o„zlashtirish, zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani
yaratish maqsadida tashkil etildi. Ilmiy parklar, texnopolislar va eksport-ishlab
chiqarish hududlarini tashkil etish uning istiqbolli yo„nalish hisoblanadi.
2.
“Viborg” EIH ishlab chiqarishga mahalliy va chet el ilmiy-texnik
ishlanmalarini va kashfiyotlarini joriy etish maqsadida tashkil etilgan. Hudud
chegarasida, ishlab chiqarish faoliyatiga ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini tezkor
joriy etish uchun texnologik markaz yaratish nazarda tutilgan.
3.
Zelenograd shahrining ma‟muriy chegaralarida, shahar ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va
diversifikatsiyalash hamda korxonalar eksport salohiyatini oshirish uchun qulay
sharoitlarni yaratish maqsadida “Texnopolis Zelenograd” erkin iqtisodiy hududi
tashkil topdi. U mamlakatning ilmiy-texnik rivojlanishi va yangi innovatsiyalarning
yaratilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Nazorat uchun savollar: 1.
RFda tashkil etilgan “Sankt-Peterburg”, “Viborg”, “Texnopolis Zelenograd”
EIHlarining maqsadi nimalardan iborat?
2.
“Sankt-Peterburg” EIH fanday yo„nalishda faoliyat ko„rsatadi?
3.
“Viborg” EIHning ahamiyati nimalardan iborat?
4.
“Texnopolis Zelenograd” qanday yo„nalishda faoliyat olib boradi?
5.
RFda ilmiy parklarning rivojlanish holati va istiqboliga qanday baho berasiz?
6.
RFda EIHlarni rivojlantirishda qanday muammolar mavjud va ularni hal etish
bo„yicha qanday takliflar bera olasiz?