326
ixitsoslashgan offfshor hududlar ham faoliyat ko„rsatib,
ular eksport-import
operatsiyalari, ko„chmas mulk oldi-sottisi, dengiz kemalarini oldi sottisi,
trast va
konsalting faoliyatlarini amlga oshiradilar.
2.
Offshor hududlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari
katta bo„lib, bir qancha mahalliy va foyda soligidan umuman yoki katta miqdorda
ozod silinadi. Soliq imtiyozlaridan tashqari, offshor
hududidagi kompaniyalarga
shuningdek, valyuta, investitsiya, bojxona imtiyozlari va yillik hisobot hamda audit
tekshiruvlari bo„yicha
imtiyozlar, boshqaruv usullari bo„yicha va maxfiylik tartibi
bo„yicha imtiyozlar beriladi. Shuningdek, byurokratiya
va ishning sudralishining
oldini olish maqsadida beriladigan imtiyozlar ham mavjud.
3.
O„tgan asrning o„rtalarida jahonda bir nechtagina offshor markazlari mavjud
edi. Ammo, 1970-yillarning boshiga kelib bu sohada o„ziga xos portlash yuz berdi.
Yangi asr boshiga kelib butun dunyo bo„yicha 60 ta offshor markazlari faoliyat
yuritdi. Ularning 70% rivojlanayotgan mamlakatlarda qolgani esa sanoati rivojlangan
mamlakatlarda tuzilgan. Hozirda offshor hududlar soni yil sayin ortib bormoqda.
Nazorat uchun savollar:
1.
Offshor hududlarda qanday xizmatlar ko„rsatiladi?
2.
Offshor hududlarning dastlabki tashil etilganlari sifatida qaysi hududlarni
bilasiz?
3.
Nima sababdan ko„plab offshor moliyaviy tashkilotlari
Buyuk Britaniyaning
dengiz orti hududlarida joylashgan?
4.
Offshor hududlarining qaysi turi eng yaxshi rivojlanish imkoniyatlari va
istiqboliga ega?
5.
Offshor hududlarining istiqboli haqida qanday fikrdasiz?
6.
Offshor hududlari jahon iqtisodiyoti rivoji va inqiroziga qanday ta‟sir
ko„rsatishi mumkin?
Dostları ilə paylaş: