332
Monako, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Dunyodagi eng mashhur 34
ta offshor
hududlarda 32 trln. AQSh dollariga teng aktivlar joylashtirilgan. Bu esa ularning
qanchalik katta moliyaviy-iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko„rsatadi.
3.
Offshor hududlar yuridik va jismoniy shaxslar kapitalini qanchalik o„ziga
jalb etmasin, uning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy jihatlari ham mavjudligini
unutmaslik lozim. Masalan, yashirin iqtisodiyotni qo„llab-quvvatlashi,
kapitalning,
eng avvalambor, chayqovchilik kapitalining katta hajmda to„planib qolishligi, alohida
kompaniyalarga oqlanmagan raqobat ustunliklarini berish shular jumlasidandir.
Nazorat uchun savollar:
1.
Offshor hududlarning afzalliklari nimalardan iborat?
2.
Offshor hududlarning salbiy jihatalari nimalardan iborat?
3.
Offshor hududlarning turli xizmatlar, aktivlar va investitsiyalarni o„zida
jamlashida nimalar sabab bo„ladi?
4.
Dunyodagi eng yetakchi offshor hududlar sifatida qaysi hududlarni keltira
olasiz?
5.
Offshor hududlar bilan bog„liq turli yo„qotishlar haqida qanday fikrdasiz?
6.
O„zbekistonda offshor hududini tashkil etish masalasiga qanday qaraysiz?
Dostları ilə paylaş: